Assistent
2014-yil BuxDU Tarix fakultetining Tarix ta’lim yo’nalishini, 2020 yilda BDU Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari mutaxassisligini tugatgan. 2014 yildan buyon Buxoro davlat muzey-qo’riqxonasi ilmiy xodimi, bo’lim mudiri lavozimlarida, 2023 yil sentyabr oyidan boshlab Buxoro davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi assisent-o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy faoliyati davomida 60 dan ortiq maqola va tezislar muallifi. 30 dan ortiq xalqaro va respublika konferensiyalari ishtirokchisi. Ilmiy qiziqishlari – Buxoroga tashrif buyurgan sayyoh va fotograflar merosi, Buxoro muzeyi tarixi, qo‘lyozma asarlar klassifikatsiyasi.
2021-2022-yillarda "O‘zbekiston madaniy merosi - yangi Renessans poydevori" xalqaro kongressi ishtirokchisi hamda "Buxoro muzeyi katalogi" to‘plami muallifi, Respublika va mahalliy OAVda 100 dan ortiq intervyular muallifi
• #Yosh_O‘lkashunos to‘garagi rahbari - Instagram, YouTube va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida kontentlar muallifi
• Volga Bulg‘oriyasi tomonidan islomni qabul qilishning 1100 yilligiga bag‘ishlangan «Волжская Булгария. Обретая путь и веру» hujjatli film ishtirokchisi
tarix
O'zbekistonning eng yangi tarixi, O'zbek davlatchiligi tarixi, Dinshunoslik, Tarixiy o'lkashunoslik, tarixiy geografiya