O'quv ishlar bo'yicha prorektor
1980-yil Buxoro shahrida tavallud topgan. Buxoro shahridagi 6-umumta’lim maktabini a’lo baholarda tamomlagan. Buxoro davlat universitetida bakalavr (sotsiologiya), magistratura (psixologiya)ni o‘qib tugatgan. Dastlab, Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasida o‘qituvchi, kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi, keyinchalik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchi hamda 2021-yildan 2025-yilgacha kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Mehnat faoliyati davomida “Ijtimoiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi”, “Yuridik psixologiya’, “Psixologik maslahat”, “Psixologiya fanlarini o`qitish metodikasi”, “Psixologik trening” va boshqa bir qator fanlardan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib borgan. O‘qitilayotgan o‘quv fanlari bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlar va o‘quv uslubiy majmualar, sillabuslar yaratgan.
sotsologiya psixologiya
Ilmiy daraja: Fan doktori, DSc
Ilmiy unvon: Dotsent