Tyutor
tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha)
Muntazam ravishda talabalarning ota-onasi bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish hamda ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas’uliyati va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko‘maklashish, ularning ta’lim tizimidagi islohotlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minlash;
qonunchilik talablaridan kelib chiqib ta’lim muassasasiga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’lim muassasasi rahbariyatiga takliflar kiritish;
oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligini yanada kuchaytirishga doir uslubiy asoslarni yaratish;
“Birinchi kurs maktabi” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishda faol ishtirok etish;
ta’lim muassasasining odob-axloq qoidalari, korrupsiyaga qarshi kurashish Dasturi (siyosati), ta’lim muassasasining ichki mehnat tartibi qoidalari hamda boshqa lokal hujjatlar bilan o‘ziga biriktirilgan talabalarni tanishtirish;
Psixolog bilan birgalikda talabalarning ijtimoiy-psixologik portretini shakllantirish, talabalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar va milliy qonunchiligimizga hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
talabalarni boy tarixiy, milliy va diniy an’analarimizga yot bo‘lgan ya’ni terrorizm, separatizm, prozelitizm, diniy aqidaparastlik, missionerlik, “ommaviy madaniyat”, narkomaniya, uyushgan jinoyatchilik va boshqa illatlarga murosasizlik hamda ularga qarshi kurash ruhida tarbiyalash;
talabalarning qonuniy manfaatini himoya qilish, yaratilayotgan sharoitlardan foydalanish imkoniyatini yetkazish, ularning muammolarini bartaraf etishda bayonnomalarni shakllantirib, amaliy yordam ko‘rsatish hamda o‘qishi, ilm-fan bilan shug‘ullanishi, yashashi va dam olishi uchun tegishli choralari ko‘rib borish; talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarda besh muhim tashabbus doirasidagi klub, to‘garak va tanlovlarga jalb qilish, ularning ta’lim muassasasi hayotidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy tadbirlardagi ishtirokini ta’minlash;
Iste’dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni respublika va xalqaro tanlovlarga maqsadli tayyorlash, iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga tavsiya etish; shuningdek, talabalar turar joylarida, ijaradagi va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalarning yashash manzillariga muntazam borib u yerda yaratilgan sharoitlari o‘rganib borish va ularni yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga taklif kiritish;
Ta’lim muassasasi, shahar va respublika doirasida tashkil etiladigan tadbirlarga talabalarni tartib va intizom, uyushqoqlik bilan olib kelish va
ishtiroklarini ta’minlash; talabaning axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini va u haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni yorituvchi yig‘ma jild hamda “Axborot va murabbiylik soati” darsi va ish rejasidagi turli xil tadbirlarni qayd qilish jurnalini elektron tutish va yuritib borish.
Talabalarning darslarga qatnashishlari bo‘yicha kunlik davomatini yuritib borish, ular tomonidan sababsiz qoldirilgan dars mashg‘ulotlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha fakultet dekanatiga bildirgi kiritib borish;
talabalarning darslarni o‘zlashtirish darajalarini nazorat qilib borish, innovatsion ta’lim texnologiyalari va o‘quv-uslubiy materiallar, axborot- resurslari bilan ta’minlashga hamda ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishga ko‘maklashish;
talaba haqida fakultet dekanatiga tushayotgan ma’lumot asosida guruh sardori bilan birgalikda professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashish, o‘zlashtirishi past talabaga yordamlashib, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan talabani unga biriktirish, qo‘shimcha darslar va maslahatlar tashkil etish, fanlar bo‘yicha akademik qarzdorliklarni belgilangan muddatda topshirishini nazorat qilish.
Iste’dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash hamda ilmiy to‘garaklar, innovatsion startaplarga va klublarga jalb etish; talabalarning xalqaro grantlar va loyihalarda qatnashishlariga ko‘mak berish va rag‘batlantirish, ilm-fan hamda tadqiqotlarda faol ishtirok etayotgan talabalarni ta’lim muassasasi rahbariyati va jamoat tashkilotlari tomonidan rag‘batlantirilishini tashkil etish; talabalarga ilmiy maqolalar yozishda maslahatlar berish va chop etishda yordam ko‘rsatish, ularni kelgusida ilmiy faoliyat olib borishlariga yaqindan yordam berish;
jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriqlarini bajarishni o‘z zimmasiga olish;
Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish