Google Переводчик
(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
Times Higter EducationHE Higher Education Ranking 2026 EditionGreen MetricStudy in Uzbekistan
shape
shape

SAIDOVA MOHINUR JONPULOTOVNA

team image

SAIDOVA MOHINUR JONPULOTOVNA

-

Saidova Mohinur Jonpo‘latovna 1991-yil 15-dekabr kuni Buxoro shahrida tavallud topgan. U 2009-2013 yillarda Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakultetida tahsil oldi, 2013 yilda universitetni imtiyozli tugatdi. 2009-2020-yillar Buxoro shahar 123-maktab internati o‘qituvchisi, 2020-2021 yillarda Buxoro davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi, 2021-2022-yillarda Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida, 2022-yildan hozirga qadar Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Saidova Mohinur Jonpo‘latovna 2020-yilda yilda “Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini, 2022-yilda “Masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish” mavzusida doktorlik ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, “O‘zbekistonning eng yosh fan doktor ayoli”, deb e’tirof etildi. Saidova Mohinur Jonpo‘latovna 2022-yilda dotsent ilmiy unvonini hamda 2023-yilda esa professor unvonini oldi. Saidova Mohinur Jonpo‘latovnaning 18 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomasi, 14 dan ortiq darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 43 ta xorijiy jurnallarda va 200 dan ortiq respublikaning nufuzli jurnallarida ilmiy-ommabop maqolalari nashr etilgan. Muallifning yangi avlod adabiyotlarini yaratish orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘lida tayyorlagan va chop etilib, o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan “Matematika o‘qitish metodikasi” (darslik -Buxoro: “Durdona”, 2022 y., 285 b.), “Kreativ pedagogika” (darslik-Buxoro: “Durdona”, 2022 y., 160 b.), “Ta’limda multimedia texnologiyalardan foydalanish” (darslik-Buxoro: “Durdona”, 2022 y., 290 bet), “Matematika o‘qitish metodikasi” (darslik -Buxoro: “Durdona”, 2022 y., 545 bet), “Boshlang‘ich ta’limda nazorat ishlar to‘plami” (Toshkent: Yosh kuch, 2018 y. 157 bet), “Boshlang‘ich ta’lim jarayonida hamkorlik muhitini shakllantirish” (Buxoro: Durdona, 2020 y., 86 bet), “Laboratoriya mashg‘uloti uchun ishlanmalar” (Buxoro: 2019 y., 122 bet), “Boshlang‘ich sinflarda harakatga doir masalalar” (Buxoro: Durdona, 2019 y., 59 bet), “Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun matematika” (Buxoro: Durdona, 2017 y., 228 bet), “Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish” (-Buxoro, “Globe” nashriyoti, 2022 y., 109 bet), “Masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish” (Buxoro: “Durdona” nashriyoti 2022 y., 196 bet) kabi ilmiy-omabop va o‘quv-uslubiy kitoblari ta’lim oldiga qo’yilgan maqsadga erishish imkoniyatini beradi. Saidova Mohinur Jonpo‘latovnaning 4-sinflar uchun “Kreativ topshiriqlar”, 3-sinflar uchun “Kasrlar olamiga sayohat”, 4-sinflar uchun “Harakatga doir masalalarni yechish usullari”, 1-sinflar uchun “Quvnoq matematika” nomli elektron axborot-ta’lim resurslari xalq ta’limi sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Saidova Mohinur Jonpo‘latovna bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun veb-sayti (http://dlpe-method.com/) yaratilgan bo‘lib, mazkur sayt masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyogarligini takomillashirishga xizmat qiladi. Saidova Mohinur Jonpo‘latovna «ПЗ- 2020042147-raqamli Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish» nomli amaliy loyiha ustida ishlagan. Saidova Mohinur Jonpo‘latovna jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun 2018-yil Buxoro viloyati hokimligi Xalq ta’limi boshqarmasining “Faxriy yorlig‘i”, 2019-yil O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining “Faxriy yorlig‘i”, 2022-yil Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlangan. Yosh olima 2023-yilning 1-oktabrda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Qolaversa, aynan shu yilda “O’zbekistonning taniqli olimlari ensklopediyasiga” “O’zbekistondagi eng yosh fan doktori, professor ayoli” sifatida tarix zar varaqalarida muhrlandi.

Электронная почта:
mohinur_saidova30g@gmail.com
Web of Science ResearcherID:
-
Scopus:
-
OrcId:
https://orcid.org/0000-0001-8392-8311
Google scholar:
Google scholar

None

Boshlang'ich ta'lim

Pedagogika fanlari doktori

Oliy ta'lim a'lochisi

Matematikadan xalqaro baholash dasturi

№Название журналаНазвание статьиГодПросмотреть
1Maktabgacha va maktab ta’limi jurnaliBoshlangʻich sinf oʻquvchilarining matematik savodxonligini va axborot bilan ishlash kompetensiyasini ni rivojlantirish imkoniyatlari2024Просмотреть
2Maktabgacha va maktab ta’limi jurnaliBoshlangʻich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari2025Просмотреть
3Maktabgacha va maktab ta’limi jurnaliBoshlangʻich sinflarda tenglamalar yechish mavzusida 5E modelidan foydalanish2025Просмотреть
4Maktabgacha va maktab ta’limi jurnaliBoshlangʻich sinf texnologiya darslarida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi2025Просмотреть
5journal of new century innovations5 E modeli orqali oʻquvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirish (matematika fani misolida)Просмотреть
6galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ) The process of working with information is the content of improving students' competence”2024Просмотреть
7World scientific research journalMatematika fanini oʻqitish jarayonida oʻquvchilarni kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda 5 E modelidan foydalanish istiqbollari2024Просмотреть
№Название сертификатаПросмотреть
1Pedagogning kreativ komponentligini rivojlantirishПросмотреть
2Pedagogik faoliyatda raqamli kompetensiyalarПросмотреть
3Pedagogik mahoratПросмотреть
№Название проектаПросмотреть
1Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini takomillashtirish uchun veb-kvestlardan tashkil topgan platforma yaratishПросмотреть
№ТемаПросмотреть
1xALQARO BAHOLASH TIZIMIПросмотреть
№ТемаПросмотреть
1Topshiriqlar orqali ona tili va o'qish savodxonligini o'qitish metodikasiПросмотреть
№ТемаПросмотреть
1BOSHLANGʻICH SINFLARDA MASALA YECHISH JARAYONIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING METODIK ASOSLARIПросмотреть
№ТемаПросмотреть
1Quvnoq matematikaПросмотреть

Контакты

Для вопросов и предложений