1. 60112000-Chaqiriqqacha harbiy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tasvifi
60112000-Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 3 yil.
1.1. Qo‘llanish sohasi.
1.1.1. 60112000-Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Malaka talabining qo‘llanilishi.
Malaka talabi 60112000-Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlash o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha pedagogika sohasida kadr tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
1.1.2. Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari:
60112000-Chaqiriqqacha harbiy ta’lim bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor - o‘qituvchilari;
ta’lim yo‘nalishining o‘quv reja va fan dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi talabalari;
o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, fakultet boshlig‘i va sikl boshliqlari);
bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya va imtihon komissiyalari;
oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;
kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilotlar.