


☄️ ✅ Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Umedjonova Malika Lukmanovna boshchiligida institut rahbariyati talabalar turar joyiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
🔊 Uchrashuv davomida talabalar yashash sharoitlari bilan tanishildi, ularning mavjud muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi. Shuningdek, Talabalar turar joyi kengashi a’zolari bilan suhbat tashkil etilib, yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni sifatli yo‘lga qo‘yish hamda ozodalik va tartib-intizomni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuvlar yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikrlariga quloq tutish va turar joydagi sharoitlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiluvchi samarali platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.