


Buxoro davlat pedagogika institutida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til” yo‘nalishi bo‘yicha amaliyotni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
👨💻 Tadbir davomida amaliyot rahbarlari va talabalar raqamli platformalar orqali amaliyot jarayonini samarali tashkil etish, o‘quv faoliyatini rejalashtirish hamda monitoring qilish mexanizmlari bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, elektron platformalar imkoniyatlaridan foydalangan holda amaliy hujjatlarni yuritish, natijalarni baholash tartibi amaliy misollar asosida tushuntirib berildi.
Seminar jarayonida raqamli texnologiyalarning xorijiy til ta’limidagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlanib, ularning ta’lim sifatini oshirishdagi roli muhokama qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, amaliyotni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.