Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

VILOYATIMIZ VAKILLARI “XALQARO VOLONTYORLAR FESTIVALI – 2025” DA

  • Главная
  • VILOYATIMIZ VAKILLARI “XALQARO VOLONTYORLAR FESTIVALI – 2025” DA
Event Image

VILOYATIMIZ VAKILLARI “XALQARO VOLONTYORLAR FESTIVALI – 2025” DA

     27–30-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Xalqaro volontyorlar festivali–2025” mamlakatimiz bo‘ylab 100 dan ortiq faol yoshlarni birlashtirdi. Festival davomida volontyorlar turli mahorat darslari, treninglar, xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuvlar hamda ijtimoiy loyihalar bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

     Eng quvonarli jihati, ushbu yirik xalqaro anjumanda Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi ham ishtirok etdi. BuxDPI talabasi Shexruza Yunusova viloyatimiz nomidan qatnashib, yoshlar faoliyati, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy yordam va ta’lim yo‘nalishlaridagi o‘z loyihalarini taqdim etdi.

✔️ Ularning festivaldagi faolligi nafaqat shaxsiy tajriba va bilimlarini boyitdi, balki viloyatimizda volontyorlik harakati rivojiga munosib hissa qo‘shdi. Bu esa yoshlarimizning tashabbuskor, ijtimoiy mas’uliyatli va global o‘zgarishlarga befarq emasligini yana bir bor namoyon etdi.