


Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Delegatsiya tarkibida Rejalashtirish bo‘limi rahbari Kim Ukdong, Ma’muriy bo‘lim rahbari Ten Tatyana Germanovna va ma’muriy bo‘lim xodimi Yesambayeva Fotima Shavkatovnalar ham ishtirok etishdi.
☄️✅ Mehmonlarni institut rektori Bahodir Ma’murov kutib oldi. Tashrif davomida delegatsiya BuxDPIda talabalarga yaratilgan qulay sharoitlar, zamonaviy infratuzilma, ma’naviy-ma’rifiy muhit va raqamlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, kimyo va biologiya laboratoriyalari, “Kelajakka qadam” innovatsion markazi, registrator ofisi hamda o‘quv xonalari ko‘zdan kechirildi.
✔️ Uchrashuvda tomonlar BuxDPIda Koreys tili va Koreya madaniyati yo‘nalishlarini ochish, pedagogik innovatsiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalar yaratish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, talabalar uchun qisqa muddatli o‘quv dasturlari hamda madaniy almashinuvni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. Delegatsiya institutdagi imkoniyatlar va modernizatsiya jarayonlarini yuqori baholab, kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.