Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

Бухарский государственный педагогический институт получил признание в международном рейтинге

  • Главная
  • Бухарский государственный педагогический институт получил признание в международном рейтинге
Event Image

Бухарский государственный педагогический институт получил признание в международном рейтинге

Buxoro davlat pedagogika instituti xalqaro reytingda e’tirof etildi.

    UI GreenMetric World University Rankings 2025 xalqaro reytingi butun dunyo bo‘ylab universitet va institutlarda barqarorlikni ta’minlash, yashil kampusni rivojlantirish, ekologik boshqaruv va energiya samaradorligi bo‘yicha amalga oshirayotgan tizimli islohotlari e’tirof etishdan iborat, joriy yilgi mazkur reyting oltita mezon (yashash muhiti va infratuzilma, energiya va iqlim o‘zgarishlari, chiqindilarni boshqarish, suv resurslaridan foydalanish, transport, ta’lim va tadqiqot) bo‘yicha onlayn so‘rov natijalarini taqdim e’lon qildi. UI tomonidan o‘tkaziladigan ushbu nufuzli xalqaro reyting oliy ta’lim muassasalarining ekologik barqarorlik, zamonaviy yashil infratuzilma va atrof-muhit boshqaruvi yo‘nalishidagi strategik yondashuv hamda amaliy faoliyatini chuqur tahlil qiluvchi global platforma sanaladi. 
    Buxoro davlat pedagogika instituti jahondagi oliy ta’lim muassasalari orasida ekologik barqarorlik va yashil muhitni rivojlantirish borasidagi eng nufuzli baholashlardan biri — UI GreenMetric World University Rankings 2025 — reytingida munosib natijaga erishdi, reyting natijalariga ko‘ra, institut jahon miqyosida oliy ta’lim muassasalari orasida 690-o‘rinni egalladi (O‘zbekiston bo‘yicha: 18-o‘rin) va barqaror rivojlanayotgan institut sifatida e’tirof etildi.

    Baholashda institut quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd etdi:
🏫 Yashash muhiti va infratuzilma (SI): 595
⚡️ Energiya va iqlim o‘zgarishlari (EC): 1575
🚮 Chiqindilarni boshqarish (WS): 725
💧 Suv resurslaridan foydalanish (WR): 712.5
🚍 Transport (TR): 1512.5
📚 Ta’lim va tadqiqot (ED): 1125
Jami: 6245

    E’tiborlisi, Buxoro davlat pedagogika instituti mazkur xalqaro reytingda ilk bor ishtirok etdi. 
UI GreenMetric World University Rankings 2025 natijalariga bu yerdan kirishingiz mumkin.
https://greenmetric.ui.ac.id/rankings/overall-rankings-2025
 

 Hurmatli ustozlar, talabalar va obunachilar!

    Quvonch bilan ma’lum qilamizki, institutimiz jahondagi oliy ta’lim muassasalari orasida ekologik barqarorlik va yashil muhitni rivojlantirish borasidagi eng nufuzli baholashlardan biri — UI GreenMetric World University Rankings 2025 — reytingida munosib natijaga erishdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, (https://greenmetric.ui.ac.id/rankings/overall-rankings-2025) Buxoro davlat pedagogika instituti ushbu xalqaro reytingda 690-o‘rinni egalladi. Bu natija institutimizda amalga oshirilayotgan “Yashil kampus” tashabbuslari, energiya samaradorligi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, ekologik ta’limni rivojlantirishga doir loyihalar xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan dalolatdir.

    Bu muvaffaqiyat — barchamizniki!

    Ustozlarimiz, talabalarimiz va institut jamoasining birgalikdagi mehnati natijasida BuxDPI o‘zining global miqyosdagi nufuzini yanada mustahkamlab bormoqda. Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!

Kelgusida yanada ulkan marralarni zabt etamiz!