


☄️✅ Bugun, 29-noyabr kuni, Buxoro davlat pedagogika institutida pedagogika oliy ta’lim muassasalari Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari kengashining 4-sonli yig‘ilishi ayni paytda bo‘lib o‘tmoqda.
🎥 Ushbu yig‘ilishda respublikaning 13 ta pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari, shuningdek ilmiy bo‘lim boshliqlari faol ishtirok etishmoqda.
✅ Uchrashuv davomida Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Maʼmurov Baxshulloyevich ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar bilan alohida muloqot o‘tkazdi. Mazkur suhbat davomida institutning kelgusi strategik rivojlanishiga oid ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Xususan:
➡️ ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliy ta’lim jarayonlariga tatbiq etish,
➡️ ilmiy kadrlar salohiyatini oshirish,
➡️ innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishga oid taklif va tashabbuslarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy natijalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, mavjud loyihalarni amaliyotga joriy etish, hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash va yangi ilmiy tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi.