Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Ma’murovning giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlariga doir talaba-yoshlar, ota-onalar va pedagogik jamoaga MUROJAATI.

  • Главная
  • Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Ma’murovning giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlariga doir talaba-yoshlar, ota-onalar va pedagogik jamoaga MUROJAATI.
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Ma’murovning giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlariga doir talaba-yoshlar, ota-onalar va pedagogik jamoaga MUROJAATI.

✅ Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Ma’murovning giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlariga doir talaba-yoshlar, ota-onalar va pedagogik jamoaga MUROJAATI.

    Qadrli talabalar! Hurmatli ota-onalar! Muhtaram ustozlar va jamoa a’zolari!

    Giyohvandlik – shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonda yoshlarimiz uchun eng katta xavf tug‘dirayotgan illatlardan biri boʻlib, afsuski, ayrim yoshlar xabarsiz holda yoki oson yo‘l izlab, mazkur illat va narkojinoyatlarga qoʻshilib, uning qurboniga aylanishmoqda. Hayotini xavfga qoʻyib, oilasi, salomatligi, qolaversa, jamiyatga jiddiy zarar yetkazayotgan bunday illatga qarshi kurashish lozim. Barchamiz hushyor bo‘lib, yoshlarimizni bunday xavflardan asrashga mas’uliyat bilan yondashishimiz zarur.

    Aziz talabalar!
    Siz – Vatanimiz taraqqiyotining asosiy boʻgʻini, kelajagimiz bunyodkorlarisiz. Har qanday qaltis qadam hayotingizni butunlay izdan chiqarishi mumkin. Unutmang, har qanday giyohvand modda juda zararli va insonni tubanlikka eltadi.

    Qadrli ota-onalar!
    Har bir ota-onaning kelajak davomchilari boʻlmish farzandlaringizning do‘stlari, yaqinlari va yon atrofidagi insonlaridan doimo xabardor bo‘lib yuring. Farzandlaringiz bilan koʻproq suhbatlashing, ularni ilm-fanga, kasb-hunarga yoʻnaltirishda asosiy kuch boʻling.

    Muhtaram ustozlar!
    Har biringizning yoshlar hayotida oʻrningiz boʻlakcha. Ularning sog‘lom turmush tarzi, mas’uliyatli hayot tamoyillarini shakllantirishlari uchun har bir dars, har bir uchrashuvda ularga to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini singdirib borishingiz lozim. 

    Farzand — oilaning, jamiyatning, Vatanning bebaho boyligi va kelajagining poydevoridir. Shu bois yoshlarimizning hayoti, ularning xavfsiz va sog‘lom kamol topishi har birimiz uchun eng ustuvor masaladir. Barchamiz birgalikda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash olib borishimiz, ta’lim muassasasi va huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga oʻz hissamizni qoʻshmogʻimiz darkor.

    Yoshlarimizni ilmga, ezgulikka va bunyodkorlikka yetaklaylik. Ularni zararli illatlardan birgalikda asraylik. Zero, Vatan taqdiri aynan shu shijoatli va bilimdon yoshlar qoʻlida.