Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

BuxDPI jamoasi plogging loyihasida g'olib bo'ldi

Event Image

BuxDPI jamoasi plogging loyihasida g'olib bo'ldi

    Buxoroda 30-mart – Xalqaro chiqindilarsiz dunyo kuni munosabati bilan "Chiqindisiz dunyo uchun!" shiori ostida plogging aksiyasi o'tkazildi.

    Sana munosabati bilan Buxoro viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan Buxoro shahrida joylashgan Samoniylar istirohat bog'ida chiqindilarni tozalash aksiyasi tashkil etildi.

    Ushbu aksiyada viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi, Buxoro davlat pedagogika instituti volontyor talabalari, viloyat chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodni rivojlantirish boshqarmasi, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi va boshqa tashkilot xodimlar ishtirok etdi.

    Musobaqa tarzida o'tkazilgan "Plogging" loyihasi doirasida ishtirokchilar 5 ta guruhga bo'linib, 550 kilogramdan ortiq chiqindilarni yig'dilar. Yakunda Buxoro davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari faxrli 1-o'rinni egallab, jamoa a'zolari esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.