


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozaxon Karimova boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-73-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi (https://t.me/uzedu/39093).
Yigʻilishda pedagogika oliy ta’lim muassasalari rektorlari kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ma’lumot berdilar. Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov xalqaro hamkorlik va ta’lim sifatini oshirish masalalari boʻyicha qilingan ishlar va kelajakdagi qilinishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.