shape
shape

Qozi kalon ustaxonasida amaliy va ijodiy ko‘rgazma tashkil etildi

  • Главная
  • Qozi kalon ustaxonasida amaliy va ijodiy ko‘rgazma tashkil etildi

Qozi kalon ustaxonasida amaliy va ijodiy ko‘rgazma tashkil etildi

     Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani N.Yodgorov hamda Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan Qozi Kalon ustaxonasida ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy va ijodiy ko‘rgazma tashkil etildi.

     Mazkur tadbir yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni milliy hunarmandchilik an’analari hamda tasviriy san’atning nozik jihatlari bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi. Jarayon davomida talabalar amaliy ijod, kompozitsiya, rangtasvir va bezak san’ati yo‘nalishlarida o‘z bilimlarini mustahkamlab, bevosita tajriba orttirish imkoniga ega bo‘ldilar.

     Tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor Umedjanova Malika Lukmanovna ham ishtirok etib, talabalar bilan samimiy muloqot olib bordilar. Uchrashuv davomida yoshlarning ijodiy izlanishlari, kelajak rejalari hamda san’at sohasidagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

    Mazkur tadbir nafaqat yoshlarni yangi ijodiy yutuqlar sari ruhlantirdi, balki ularning kasbiy rivoji uchun muhim zamin yaratdi.