Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

BDPI professor-o‘qituvchilari Qozon Federal universitetida malaka oshirib, yangi adabiyotlar bilan kutubxonani boyitdi

  • Главная
  • BDPI professor-o‘qituvchilari Qozon Federal universitetida malaka oshirib, yangi adabiyotlar bilan kutubxonani boyitdi
Event Image

BDPI professor-o‘qituvchilari Qozon Federal universitetida malaka oshirib, yangi adabiyotlar bilan kutubxonani boyitdi

    Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari — Safarov Firuz Sulaymonovich, Saidova Gavhar Ergashovna hamda Ochilova Laylo Temirovnalar 2025-yil dekabr oyida Tatariston Respublikasining Qozon Federal universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etdilar.

    Mazkur malaka oshirish jarayoni davomida ular Qozon Federal universiteti kutubxonasidan Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bir qator o‘quv-uslubiy adabiyotlarni jamladilar. Jumladan, “Большая книга примеров и заданий по всем темам”, “Тренажёр по математике (3–4 классы)”, “Лучшие диктанты и грамматические задания”, “Тренажёр для начальной школы”, “Развитие связной речи”, “Функциональная грамотность”, “Все плакаты для начальной школы” nomli darslik va qo‘llanmalar institutimiz kutubxonasiga topshirildi.

    Mazkur adabiyotlar Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.