(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

Сотрудничество на пути обеспечения трудоустройства выпускников

Сотрудничество на пути обеспечения трудоустройства выпускников

Сотрудничество на пути обеспечения трудоустройства выпускников

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-son qaroriga  muvofiq, viloyatimizda o‘quvchi yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

    Shu maqsadda Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma'murov  hamda Buxoro viloyati “Kelajak” markazi rahbari Muxammadjon  Kamildjanov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.

    Uchrashuv davomida talabalar bandligini taʼminlash, viloyatimiz yoshlarini qo‘shimcha ta’limga keng jalb etish, shuningdek “Yosh dasturchilar”, “Media savodxonlik”, “Robototexnika va IT texnologiyalari”, “Ijodkor yoshlar” kabi loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    Mazkur hamkorlik viloyatimiz yoshlariga sifatli ta’lim berish va kelajakdagi faoliyatlari uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.