(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

Руководители БухГПИ приняли участие в заседании научного совета республиканского масштаба.

  • Главная
  • Учёные советы
  • Руководители БухГПИ приняли участие в заседании научного совета республиканского масштаба.
Руководители БухГПИ приняли участие в заседании научного совета республиканского масштаба.

Руководители БухГПИ приняли участие в заседании научного совета республиканского масштаба.

2026-yil 13-iyun kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida respublika pedagogika oliy ta'lim tashkilotlarining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektorlari kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Mazkur nufuzli tadbirda Buxoro davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i hamda Xalqaro hamkorlik bo'limi uslubchisi ishtirok etib, oliy ta'lim va ilm-fan sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasida faol qatnashdilar.

Yig'ilish doirasida HEMIS axborot tizimidan samarali foydalanish, ilmiy faoliyat natijalarini raqamli platformalarda yuritish va monitoring qilish bo'yicha seminar-trening tashkil etildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda innovatsion faoliyatni takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bunday uchrashuvlar oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro tajriba almashish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.