Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi

0 (365) 226-10-97 Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy

Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi

Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi

     Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi o‘z faoliyatini 2021 yilda boshlagan. Bunda kafedra mudiri J.T.Yarashev bo‘lib, kafedrada 5 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat boshlagan.  2022 yilda kafedra a’zolari 11 nafat bo ‘lib, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy faoliyat olib borgan. 2024 yildan kafedra a’zolari 21 nafar bo’lib, kafedra mudiri prof.D.Q.Mamatov.

     Kafedrada lmiy, ijodiy izlanishlar  tez sur’atda  rivojlanmoqda. Jumladan A.Shukurov, Sh.Sobirova, N.Ibatova, Sh.Ibadullayeva va boshqalar  ilmiy tadqiqot faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqda. Kafedrning ilmiy aloqalari nafaqat respublika oliy o’quv yurtlari bilan, balki, xorijiy mamlakatlar bilan ham yaxshi o’rnatilgan. Jumladan, Qozon Federal Universiteti bilan aloqalar o‘rnatilgan.

     Kafedrada o’quv adabiyotlarni yaratish juda yaxshi yo’lga qo’yilgan N.Yodgorov,  D.Mamatov, D.Mamurova, F.Nurullayev, J.Yarashev, R.Raximov, S.Abdullaev, A.Aminov, A.Shukurov,  N.Ibatova, Sh.Ibadullyeva, S.Gulov, I.Qo‘shayev, va boshqalarlar tomonidan yigirmaga yaqin darslik,o’quv va o’quv metodik qo’llanma chop etilib dars jarayonida foydalanib kelinmoqda. Buning natijasida 2023 yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestastiya komissiyasi tomonidan N.Ibatova, Sh.Ibadullayeva Va Sh.Sobirova  ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha dotsentlik unvoni taqdim etildi. 
     Ayni paytda ilmiy tadqiqot ishini yakunlab, himoyaga arafasida turgan bir qator o’qituvchilar bor. Kadrlar tayyorlashda ishlab chiqarish korxonalar ishtiroki juda yaxshi yo’lga qo’yilga. Ochiq darslar, turli xil amaliyotlar bevosita “Madaniy me’ros ob’ektlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish Buxoro viloyat inspekstiyasi”, “Buxoro davlat muzey qo’riqxonasi”, “Buxoro viloyat Hunarmand boshqarmasi”, “O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Buxoro viloyat bo’limi” mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

     Kafedra professor-o’qituvchilari nafaqat ilmiy tadqiqot, balki amaliy ijodiy ishlari bilan Xalqaro va Respublika miqyosida o’tkaziladigan ko’rgazma va tanlovlarda ham faol ishtirok etib kelmoqdalar. Masalan, kafedra dotsenti S.Gulov 2024 yil iyun oyida Franstiya davlatining uchta shtatida konsert dasturi bilan ishtirok etdi.  Hozirgi paytda 21 nafar professor-o’qituvchi kafedrada faoliyat olib bormoqda. Shulardan 2 nafari fan doktori professor (N.J.Yodgorov, S.Abdullayev), 3 nafar fan nomzodi (PhD), professor (T.Sobirov, J.Yarashev, D.Mamurova), 2 nafar falsafa doktori (PhD) dostent (A.Kadirov,  F.Nurullayev), 4 nafar dostent (A. Shukurov, Sh. Sobirova, Sh. Ibadullayeva, N. Ibatova, R. Raximov), va 10 nafar assistent o’qituvchilar. 

     Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar:

     60110500 – “Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

         60110600-Musiqa ta’lim ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

         70111201– Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati mutaxassisligi bo‘yicha  magistrlar tayyorlanadi. Mazkur mutaxassislik bo‘yicha hozirda 10 nafar magistrant tahsil olmoqda.

         70110601- Musiqa ta’limi va san’ati mutaxassisligi bo‘yicha  magistrlar tayyorlanadi. Mazkur mutaxassislik bo‘yicha hozirda 10 nafar magistrant tahsil olmoqda.

     13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san`at)” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura mavjud.  Mazkur ixtisoslikda hozirda 3 nafar tadqiqotchi faoliyatini olib bormoqda.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati:

     Kafedrada asosan, tasviriy san`at o`qitish metodikasi, Musiqa ta’limi o`qitish metodikasi, Xalq amaliy bezak san`atini o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra professori D.I. Mamurova tomonidan “Кўҳна ва боқий Бухорони матода жонлантириш (сумка мисолида)” O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” Respublika tanlovida o`z innovatsion loyihasi bilan g‘olib bo`ldi. Keyingi 3 yil davomida kafedra a’zolari 80 dan ortiq ilmiy maqolalarni xalqaro va respublika ilmiy jurnallarda chop etdilar. Kafedrada “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” Respublika yarmarkalarida namoyish etildi va bir qator shartnomalar imzolandi. Kafedrada 20 dan ortiq iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilingan.  Keyingi 3 yil davomida talabalarning 15 dan ortiq ilmiy maqolalari ilmiy to‘plamlarda chop etildi.

     Kafedra ilmiy yo‘nalishlari:

13.00.02 – Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi 

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta`limotlar tarixi ixtisosligi.

      Kafedraning asosiy maqsadi

     Yosh pedagog kadrlarga o’quv-metodik yordam ko’rsatish, katta tajribaga ega bo’lgan pedagoglarning ish tajribalarini umumlashtirish va ommalashtirish. Fan yo’nalishi bo’yicha mos bo’lgan oliy ta’lim muassasalari kafedralari bilan sifatli kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik o’rnatish. Fan kafedralariga tegishli bo’lgan kabinetlar, laboratoriyalar va ustaxonalardagi zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil etish. Ta’lim jarayonida o’qitish sifatini oshirishga qaratilgan o’quv-uslubiy va didaktik materiallarni yaratish va ommalashtirish. Pedagoglarning pedagogik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirishda yordam berish.

     2022 yil 4 mayda “San'at, til va madaniyat masalalarini ilmiy o'rganishda fan va innovatsiyalar uyg'unligi” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Bu kabi ilmiy-amaliy konferensiyalarning tashkil qilinishi O’zbekiston 2030 strategiyasida ko’zda tutilgan maqsadlarning bajarilish, hamda yurtimizda ilm-fanning yanada rivojlanishi uchun yangi bir qadam bo’ladi. Konferensiyaning maqsadi va vazifalari ilm-fan va ilmiy faoliyatda ustuvor yo‘nalishlarga qaratilgan innovatsiyalarini joriy etish; ta'lim fanlari va ularning amaliyotini takomillashtirish va ilmiy dunyoqarashni kengaytirish; milliy va xalqaro miqyosda ta’lim jarayonini takomillashtirish maqsadida pedagogik ta’lim sohasidagi ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni rag‘batlantirish, tajriba almashish; ilm-fan va ta’lim yo‘liga qadam qo‘ygan kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalar va hamkorliklarga asos solish, dolzarb muammolarini va yechimlarini muhokama qilish.