















2021-yil Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti tashkil etildi. Unda Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi fanlari Tabiiy va gumanitar fanlar fakultetining Aniq fanlar kafedrasida shakllantirildi. Kafedra mudiri M.Nazarov bo’lib, 9 nafar professor-o’qituvchi faoliyat boshlagan. 2022-yilda Buxoro davlat pedagogika institutida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tashkil qilinib, uning tasarrufida Aniq fanlar kafedrasi faoliyati ish boshlagan. Unda kafedra mudiri sifatida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent T.Ro‘ziyev faoliyat yuritgan. Kafedra a’zolari 18 nafar o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishgan. 2023-2024 o’quv yilidan boshlab kafedrada G’.G’.Qurbonov mudirligida 26 nafar professor o’qituvchilar faoliyat olib bordilar.
Kafedrada lmiy, ijodiy izlanishlar tez sur’atda rivojlanmoqda. Jumladan A.Rashidov, G’.Qurbonov, N,Jo’rayeva, N.Zaripov, H.Najmuddinov, Sh.Murodov va boshqalar ilmiy tadqiqot faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqda. Kafedrning ilmiy aloqalari nafaqat Respublika oliy o’quv yurtlari bilan, balki, xorijiy mamlakatlar bilan ham yaxshi o’rnatilgan. Jumladan, Rossiyaning Ural Federal Universiteti, AQSHning Vashington davlat universiteti bilan aloqalar o‘rnatilgan.
Kafedrada o’quv adabiyotlarni yaratish juda yaxshi yo’lga qo’yilgan A.Rashidov, G’.Qurbonov, N,Jo’rayeva, N.Zaripov, H.Najmuddinov, D.Fayziyeva, I,Sa’dulloyev va boshqalarlar tomonidan yigirmaga yaqin darslik,o’quv va o’quv metodik qo’llanma chop etilib dars jarayonida foydalanib kelinmoqda. Buning natijasida 2023 yilda N.Zaripov, 2024 yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestastiya komissiyasi tomonidan A.Rashidov, G’.Qurbonov Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha dotsentlik unvoni taqdim etildi.
Ayni paytda ilmiy tadqiqot ishini yakunlab, himoyaga arafasida turgan bir qator o’qituvchilar bor. 2023-yilda kafedra yosh o‘qituvchilardan 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(sohalar bo‘yicha) mutaxasisligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga qabul qilinishdi. D.Sohibov va D.Nabiyevlar Buxoro davlat pedagogika institutiga, D.Davlatova, D.Fayziyeva, B.Xolmurodov, T.Mansurovlar Buxoro davlat universitetiga tayanch doktoranturaga kirishdi. Kafedra dotsenti N.Zaripov 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(sohalar bo‘yicha) doktoranturaga kirdi.
Kafedra professor-o’qituvchilari nafaqat ilmiy tadqiqot, balki amaliy ijodiy ishlari bilan Xalqaro va Respublika miqyosida o’tkaziladigan konferensiya va tanlovlarda ham faol ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan S.Murodov 2024 yil 19 avgust 20 dekabrgacha AQShning Vashington davlat universitetiga stajirovka, A.Rashidov Rossiyaning Ural federativ universitetida 13-dekabrdan 26-dekabrgacha malaka oshirish va Xalqaro konferensiyaga ishtirok etib qaytdilar. Hozirgi paytda 26 nafar professor-o’qituvchi kafedrada faoliyat olib bormoqda. Shulardan 8 nafar fan nomzodi (PhD), 1 nafar katta o’qituvchi 17 nafar assistent o’qituvchilar asosiy va ichki o‘rindoshlik asosida faoliyat olib boryaptilar.
Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar:
60540100 – Matematika ta’lim yo‘nalishi
60540200 – Amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi
60110600-Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
70540104 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish(matematika) mutaxassisligi bo‘yicha
70610105 – Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Mazkur mutaxassisliklar bo‘yicha hozirda 1-2 kurslarda 13 nafar magistrant tahsil olmoqda.
13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura mavjud. Mazkur ixtisosliklarda hozirda 3 nafar tadqiqotchi faoliyatini olib bormoqda.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati:
Kafedrada asosan Matematika o`qitish metodikasi, Informatika o`qitish metodikasi, yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.. Keyingi 3 yil davomida kafedra a’zolari 100 dan ortiq ilmiy maqolalarni xalqaro va respublika ilmiy jurnallarda chop etdilar. Kafedrada 40 dan ortiq iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilingan. Keyingi 3 yil davomida talabalarning 40 dan ortiq ilmiy maqolalari ilmiy to‘plamlarda chop etildi.
13.00.02 – Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Kafedraning asosiy maqsadi
Yosh pedagog kadrlarga o’quv-metodik yordam ko’rsatish, katta tajribaga ega bo’lgan pedagoglarning ish tajribalarini umumlashtirish va ommalashtirish. Fan yo’nalishi bo’yicha mos bo’lgan oliy ta’lim muassasalari kafedralari bilan sifatli kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik o’rnatish. Fan kafedralariga tegishli bo’lgan kabinetlar, laboratoriyalar va ustaxonalardagi zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil etish. Ta’lim jarayonida o’qitish sifatini oshirishga qaratilgan o’quv-uslubiy va didaktik materiallarni yaratish va ommalashtirish. Pedagoglarning pedagogik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirishda yordam berish.