Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi

0 (365) 226-10-97 Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi

Ingliz  tili  va  adabiyoti  kafedrasi

Kafedra haqida ma'lumot

      Kafedra 2021-yilda Xorijiy tillar kafedrasi nomi bilan tashkil qilingan. Unga dastlab dotsent N.A.Kadirova rahbarlik qilgan. 2024-yilda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi  alohida kafedra sifatida shakllantirildi. Hozirgi vaqtda kafedra mudiri lavozimida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Xamdamova Gulshan Xamroyevna ishlab kelmoqda.

        Kafedrada 19 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadilar, jumladan, 2 nafar falsafa doktorlari (PhD), 4 ta katta o‘qituvchi va 13 ta o‘qituvchilardir. Professor-o‘qituvchilarning barchasi ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro C1 darajadagi sertifikatlarga ega.

Kafedra xizmat ko‘rsatadigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari:

Bakalavriat yo‘nalishlari:

60110900 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

60112600 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 

 

Magistratura mutaxassisliklari:
70111801 – “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)”

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

  1. O'qish va yozuv amaliyoti
  2. Nutq ko'nikmalari integratsiyasi
  3. Til aspektlari amaliyoti
  4. Amaliy tilshunoslik(roman-german tillari)
  5. O'qish va yozuv amaliyoti
  6. Og'zaki nutq amaliyoti
  7. Bolalar adabiyoti (Children's literature)
  8. Ingliz adabiyoti tarixi
  9. Ingliz tili va ona tili qiyosiy tipologiyasi
  10. Bolalar o'yini folklori
  11. Til va adabiyot
  12. Tarjima nazariyasi va amaliyoti
  13. Qiyosiy tipologiya
  14. Umumiy tilshunoslik
  15. O'rganilayotgan til nazariy aspektlari
  16. Madaniyatlararo muloqot
  17. Roman-german filologiyasiga kirish
  18. Tili o'rganilayotgan mamlakat adabiyoti tarixi
  19.  Jahon adabiyoti

 

Ilmiy faoliyat

  • 2024-yil 25-dekabrga kafedra o‘qituvchisi Sh.Sh.Sharopov “Ingliz tilini o’qitishda kooperatsiya tamoyilidan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusidagi  ilmiy ishini himoya qildi.
  •   Professor-oqituvchilar va ilmiy izlanuvchilar tarkibining amaliy tajriba orttirish va malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish jarayonida  Qurbonov S.S, Ochilova N.U, va M.A.Baxranovalar 1-11-noyabr kunlari Verna menejment universitetiga ERASMUS+ dasturi doirasida tashkil etilgan treningda ishtirok etishdi.
  • Yuqori impakt faktorga ega Scopus bazasidagi Web of Conferences 587, 02017 GreenEnergy jurnalida kafedra o‘qituvchisi S.H.Ro‘ziyevaning “Enhancing environmental protection: innovative strategies and solutions for addressing urgent ecological challenges” nomli maqolasi chop ettirildi.
  • Kafedra miqyosida institutni xalqaro darajada obroʼsini oshirish maqsadida 2024-yil 17 may kuni Tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tomonidanKASBIY MAHORAT SARI: CHET TILLARINI OQITISHDA ZAMONAVIY METODOLOGIYALARmavzusida xalqaro ilmiy konferensiya otkazildi. Ushbu xalqaro miqyosidagi konferensiyada jahonning nufuzli oliygohlaridan hisoblangan Turkiyaning Ege universiteti Professori Dr.Aylin Goztash va Professor Dr. Fusun Topsume, Qozon federal universiteti professori Yusupova Alfiya Shavketovna, Janubi-Qozon universiteti professori  Karbozova Gulnara Kumisbekovnalar  o‘zlarining mavzulari doirasida nutq so‘zladi, shuningdek, konferensiyada respublikaning boshqa nufuzli oliygohlaridan 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Xalqaro hamkorlik faoliyati

  • 2024-yilning 21, 22, 23-noyabr kunlari AQSh elchixonasi hamkorligida AQShning San-Diyego Milliy universiteti professori Juzeppe Chiaramonte tomonidan  “Akademik yozuv va uning tamoyillari” mavzusida uch kunlik seminar trening o‘tkazildi.
  • 2023-2024 o‘quv yilida AQSh Elchixonasining Fulbright ETA (English Language Assistant) loyihasi asosida 10 oy mobaynida Nima Majidi, 2024-2025 o‘quv yilida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Ogayo Shtatidan Colton Powaski mahalliy ingliz tili o‘qituvchilariga yordamchi sifatida o‘z faoliyatini olib bormoqda.
  • 2024-yilning Turkiyaning Ege universiteti professori Dr.Aylin Goʻztash 2025-yilda Kanadaning York universiteti professori Nevidita Das Xorijiy til va adabiyoti yoʻnalishi talabalariga ma’ruza mashg’ulotlarini olib borishdi.
  • 60110800 – Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Shodmonova Zilola Bahodirovna Slavakiya Respublikasi Constantine the Philosopher universitetida “National Scholarship Prgramme of Slavak Repoblic” grantini asosida 2024-yil 9-sentabrdan 2025-yil 15-fevralga qadar akademik mobillik asosida o’qib keldi.

Kafedra yutuqlari:

“Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Islohotlar bilimdoni” tanlovining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng faol kafedra” nominatsiyasida 3-o‘rin

 

Sovrindorlar:

Pulatova Mohichexra Temirovna – “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti va Prezident stipendiyasi sohibasi, doktorant

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti sovrindori

 

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo'nalishi talabasi Jumayeva Gulruxsor

 

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo'nalishi talabasi Xolmurodova Munisa 

​​​​​​​

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo'nalishi talabasi Vohidova Mehrangiz Sur'at qizi

 

Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibalari