Rus tili va adabiyoti kafedrasi 2024 yil 4-sentyabrda tashkil qilingan bo‘lib, hozirgi kunga qadar mazkur kafedrada jami 24 nafar professor-o‘qituvchi, shulardan 2 nafari falsafa doktori (PhD), dotsent, 1 nafari fan nomzodi, dotsent, 6 nafari katta o‘qituvchi, 13 nafari o‘qituvchi,2 nafari stajor-o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi, bakalavriat bosqichi bo‘yicha 717 nafar talaba, Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) bo‘yicha 62 nafar talaba, magistratura bosqichi bo‘yicha 15 nafar tahsil olmoqda.
2024-2025 o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar tomonidan jami:
4 ta darslik;
6 ta o‘quv qo‘llanma;
3 ta monografiya;
3 ta elektron darslik chop etildi;
27 ta maqola OAK tan oladigan xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallarda;
12 ta tezis xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda;
30 ta maqola xalqaro jurnallarda;
14 ta maqola respublika jurnallarda chop etilgan.
«Ustoz-shogird» tizimi bo‘yicha 44 nafar iqtidorli talaba professor-o‘qituvchilarga biriktirilib, o‘quv yili davomida bir necha xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladilar, shu bilan bir qatorda 20 dan ortiq maqola chop etdilar va 40 nafari til bilish sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Kafedrada jami 16 ta rus tili va adabiyotga oid tugaraklar faoliyat yuritmoqda.
Ma’naviy-marifiy soha bo‘yicha TTJda va fakultetniтп o‘zida 15 tadbir tashkil qilindi.
2024-2025 o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan 7 ta xo‘jalik shartnomasi tuzilib, institut zaxirasiga 35 mln sum daromad keltirildi.
Buxoro davlat pedagogika institute, Rus tili va adabiyoti kafedrasi filiali Buxoro shahar 2-umumta’lim maktabida ochildi, 44-umumta’lim maktabi bilan esa o‘zaro hamkorlik ishlari yulga qo‘yildi.
1-2 bosqich talabalari o‘quv amaliyoti Buxoro shahar maktablarida, 3-4 bosqich talabalari esa Buxoro shahri va viloyati maktablarida malakaviy amaliyoti o‘tab kelmoqda.
Rus tili va adabiyoti kafedrasining 15 nafar professor-o‘qituvchilari (DSc) va (PhD) darajajarini olish uchun ilmiy -tadqiqot ishlari olib bormoqda. 1 nafar o‘qituvchi ilmiy seminardan o‘tib, himoyaga tayyorlanmoqda.