 
                                    
                                 
                                    
                                 
   
  




 
                     Buxoro davlat pedagogika instituti geografiya kafedrasi 2024 yil 26 avgustda tashkil etildi. Bugungi geografiyaga tegishli fanlar dastlab institutning tabiiy fanlar kafedrasi tarkibida bo‘lgan. Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri iste’dodli olim g.f.n. dots. A.M.Mavlonov rahbarligida barcha kafedra a’zolari o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda katta yutuqlarga erishgan. 2024 yil 10 maydan boshlab, kafedra mudiri lavozimida geografiya fanlari doktori, dots. X.R.Tashov faoliyat olib bormoqda. 
Kafedrada 8 nafar asosiy shtatda – g.f.d. X.R.Tashov, g.f.n. A.M.Mavlonov, p.f.f.d. N.Sh.Shadiyeva, o‘qituvchilar – N.Toshbekov, Ch.Z.Jalilova, A.K.Ergashev, R.Achilova, K.Sh.Nasullayeva  va 4 nafar o‘rindosh professor-o‘qituvchilar – dots. M.Axmedov, o‘qituvchilar – A.Usmonov, A.Shokirov, R.Erkinov hamda 2 nafar kabinet mudirlari – S.Ibodova, Z.Malikovalar ishlamoqda. 
Kafedraning uzoq yillarga  mo‘ljallangan strategik  rejalari ishlab chiqildi va uni boshqarishga  mas’uliyat  kuchaytirildi. Kafedra qisqa muddat ichida respublika va xorijdagi  geograflar jamoalari orasida munosib ilmiy – pedagogik nufuzga ega bo‘ldi. Jumladan, X.R.Tashov Qozog‘iston va Turkiyadagi, N.Shadiyeva Rossiyadagi yetakchi oliygohlarda ma’ruzalar qilishdi va malaka oshirishdi. A.Mavlonov 2024 yildan boshlab, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengash a’zosi.
Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar:
     60530200 – “Geografiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
     60111000-“Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
     70530203–Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (geografiya) mutaxassisligi bo‘yicha  magistrlar tayyorlanadi. 
Ilmiy sohadagi yutuqlar:
1. X.R.Tashov 2024 yil 15 aprelda “Tabiiy geografiya tarixi va muammolari” (Ixtisoslik: 11.00.01-Tabiiy geografiya) Geografiya fanlari doktori (DSc)  dissertatsiyasini himoya qildi. 
2. Shadiyeva Nigora Sharipovna 2024-yil 30-may pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori. Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengash  asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash pedagogika bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash asosidagi yig‘ilishida Talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda dasturiy ta’lim vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (geografiya ta’lim yo‘nalishi misolida)” mavzusida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli himoya qilib, dotsent ilmiy unvonini oldi.
Kafedrada magistratura mutaxassisligi faoliyat ko‘rsatadi va unda 5 nafar magistrantlar tahsil olmoqda.
  Kafedrada 2024 yilda ham respublika va xorijiy oliy o‘quv yurtlari jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti, Rossiya, Qozog‘iston davlatlarining geografiya fakultetlari bilan ilmiy pedagogik hamkorlik  aloqalarini davom ettirmoqda. 
Har yili  dots. A.Mavlonov  tashabbusi bilan“Geografiya  fanining nazariy–amaliy  muammolari” mavzusida Respublika ilmiy–nazariy–amaliy konferensiyalar o‘tkazilib kelindi. Jumladan, 2024 yilning 20  may kunlari navbatdagi Respublika ilmiy–nazariy–amaliy konferensiya o‘tkazildi.  Natijada  kafedraning istiqboldagi  ilmiy   rejalari  belgilab olindi. 
Kafedra a’zolari tomonidan 2024 yil davomida bir necha monografiya,  risola, 20 dan ortiq  o‘quv – uslubiy qo‘llanma  hamda  70 dan ortiq ilmiy, ilmiy – uslubiy  maqolalar chop ettirildi.
 Tarixga aylangan 2024 yil davomida  250 dan ortiq  yuqori malakali  yetuk geograf mutaxassislarga  geografik bilimlar berildi.
Kafedrada talabalarning ta’lim – tarbiya olishi hamda  ijodiy ishlarni  bajarishlari uchun barcha imkoniyatlar  yaratilgan. 
Kafedra huzurida iqtidorli talabalar va  o‘qituvchilarning ilmiy seminari tashkil qilingan. Iqtidorli talabalar tomonidan ilmiy maqolalar chop ettirilmoqda. 
Keyingi yillarda kafedra huzuridagi ilmiy  seminar yig‘ilishlarida O‘zbekiston  Respublikasi Oliy  Attestatsiya Komissiyasiga havola etilgan  nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari  muhokama etilmoqda. X.R.Tashov, A.Mavlonov, N.Shadiyevalar nomzodlik  dissertatsiyalariga  rahbarlik hamda opponent sifatida taklif qilinmoqda.
O’qitiladigan fanlar
1.Umumiy tabiiy geografiya
2.Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya
3.Gidrologiya va iqlimshunoslik
4.Geofizika asoslari va geokimyo
5.Tabiiy geografiya I
6.Landshaftshunoslik
7.Rekratsiya va turizm geografiyasi
8.Geografiya tarixi
9.Geografiyaga kirish
10.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
11.Iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslari
12.Makro iqtisodiyot va mikro iqtisodiyot
13.Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish 
14.Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
15.Sanoat va qishloq xo’jalik geografiyasi
16.Tabiiy geografiya II
17.Toponimika
18.Shaharlar va qishloqlar geografiyasi
19.Biogeografiya
20.Geografiya va iqtisodiy bilim asoslarini o’qitish metodikasi