Umumiy pedagogika kafedrasi 2024-yil 4-sentabrdan boshlab “Pedagogika” kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchi asosiy hissada faoliyat olib bormoqda. Kafedra mudiri p.f.d. (DSc), proffessor Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna.
Kafedrada lmiy salohiyatli professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari intensiv amalga oshirilmoqda. Jumladan, professor G.T.Boymurodova, dotsentlar B.Q.Xodjayev, B.J.Umarov, Q.F.Abdullayev, A.T.Gulboyev, L.S.Eliboyeva, D.Sh.Mirzayeva, M.L.Umedjanova kabilar ilmiy tadqiqot faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqda. Shuningdek, kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan ustoz-shogird maktabi, ochiq darslar, seminar-treninglar, to‘garaklar, iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 6-yanvardagi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab ''Hayot maktabi" dasturi doirasida pedagogik sinflar tashkil etish bo‘yicha 03-RA 1-311-son topshirig‘i asosida "Umumiy pedagogika" kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Gulzoda Boymurodova Toshtemirovna tomonidan 34 soatga mo‘ljallangan "Pedagog kasbi olamida" 1-modul bo‘yicha Buxoro shahar 15-maktabning 10-A sinf o‘quvchilari bilan dars mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yilning 20 iyun kuni o’tkazilgan videosellektor yig’ilishining 32-sonli yig’ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti pedagog kadrlar tayyorlash tizimini maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan muvofiqlashtirish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbir asosida Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 8-maktabda “Umumiy pedagogika” kafedrasi filiali tashkil qilinib, tashkiliy-metodik jarayonlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Andijon viloyat hokimligi, Buxoro viloyat hokimliklarining Pedagogik ta’lim klasterini tashkil etish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq Buxoro davlat pedagogika instituti boshqaruvidagi Pedagogik ta’lim klasteri faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish yo‘l xaritasiga asosan Buxoro shahar 44-maktabda kafedraning maqsadli faoliyati amalga oshirilmoqda.
Umumiy pedagogika kafedrasining hamkorlik faoliyatlari nafaqat respublika oliy o’quv yurtlari bilan, balki, xorijiy mamlakatlardan Qozon Federal Universiteti va Forobiy nomidagi Qozoq Milliy Universiteti bilan yo’lga qo’yilgan.
Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosligi:
70110102 – Pedagogika. Magistratura mutaxassisligi.
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi;
13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura mavjud. Mazkur ixtisosliklarda jami 9 nafar tadqiqotchi faoliyatini olib bormoqda.