Mamlakatimizda biologiya fanini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda asosiy kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlab berishdek vazifalar yuklatilgan oliy ta’lim muassasalaridan biri Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetining Biologiya kafedrasi pedagog jamoasining faoliyati alohida ahamiyatga egadir.
Biologiya kafedrasi 2024-2025 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Tabiiy fanlar negizida tashkil etilgan. Kafedra 2021-2024 yillar oralig‘ida Tabiiy fanlar kafedrasi tarkibiga kirgan va unga g.f.n. dotsent Mavlonov Ahmadjon Muhammedovich rahbarlik qilgan. 2024-2025 o‘quv yilidan Biologiya kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga 2024-2025 o‘quv yili boshidan Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent Barotov Avazbek Hamzayevich rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedrada hozirgi vaqtda 8 nafar biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafar assistent o‘qituvchilar o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda faoliyat olib borishmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan 12 dan ortiq darslik, 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanma 2025 yilning shu vaqtiga qadar nashrdan chiqarilgan. Kafedraning ilmiy salohiyati hozirgi vaqtda 50% ni tashkil etadi.
Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligiga o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishmoqda.
Balakavr ta’lim yo‘nalishlari:
60510100 - Biologiya
60110900 - Biologiya
Magistratura mutaxassisligi:
- 70110901- Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya)
Kafedra huzurida faoliyat yuritayotgan ilmiy, fan va sport to‘garaklari:
- Tabobat sirlari;
- Yosh biologlar;
- Akvarium baliqlarini boqish va ko‘paytirish;
- Birinchi yordam;
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati:
bakalavriat:
- Odam anatomiyasi;
- Sitologiya, gistologiya va embriologiya;
- Botanika;
- Zoologiya;
- Zoogeografiya
- Evolutsion ta’limot
- Rivojlanish biologiyasi
- Biologik kimyo va molekulyar biologiya
- Mikrobiologiya va virusologiya;
- Genetika va genomika asoslari;
- Biologiyadan masala va mashqlar yechish;
- O‘simliklar fiziologiyasi;
- Biologiya o‘qitish metodikasi;
- Odam anatomiyasi va fiziologiyasi;
- Genetika va seleksiya asoslari;
- Parazitologiya.
- Immunologiya
- Odam va hayvonlar fiziologiyasi
- Biotexnologiya
- Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi
- Dorivor o'simliklar resurslari , biologiyasi va ekologiyasi
- Biologiya o‘qitish texnologiyalari va loyihalash
- Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari
Magistratura:
- Biologiyani o‘qitishda AKTdan foydalanish;
Iqtidorli talabalar:
T/r Talaba F.I.Sh. Ilmiy rahbar F.I.Sh.
1. Karimov Diyorbek Toshtemir o‘g‘li Kalandarova Dilnoza Samandarovna
2. Zaripova Zaynab Narzillo qizi Kalandarova Dilnoza Samandarovna
3. Rahmonova Shabnamoy Chori qizi Kalandarova Dilnoza Samandarovna
4. Bozorova Hilola Asad qizi Barotov Avazbek Hamzayevich