 
                                    
                                 
                                    
                                 
   
  




 
                BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI.
ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI.
KIMYO KAFEDRASI HAQIDA MALUMOT
Oliy ta’lim tizimida yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda asosiy kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlab berishdek vazifalar yuklatilgan oliy ta’lim muassasalar tarkibidagi namunali kafedralardan biri: Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetining Kimyo kafedrasi pedagoglar jamoasining faoliyati alohida ahamiyatga egadir.
Kimyo kafedrasi 2024-2025 o‘quv yilida yilda Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti negizida tashkil etilgan. Kafedra 2021-2024 yillar oralig‘ida Tabiiy fanlar kafedrasi tarkibiga kirgan va unga dotsent Mavlonov Ahmadjon Muhammedovich rahbarlik qilgan. 2024-2025 o‘quv yilidan Kimyo kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga 2024-2025 o‘quv yili boshidan kimyo fanlari nomzodi professor Ergashov Mansur Yarashovich rahbarlik qilib kelmoqdalar.
Kafedrada hozirgi vaqtda 1 nafar professor, 3 nafar dotsent, va 5 nafar malakali assistant o‘qituvchilar o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda faoliyat olib borishmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan 5 dan ortiq darslik, 5 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 4 dan ortiq monografiya nashrdan chiqarilgan. Shu bilan bir qatorda nufuzli respublika ilmiy ommabob jurnallarida mukammal ilmga tayangan 50 ga yaqin maqolalar, 10 dan ortiq nufuzli xalqaro jurnallarda maqolalar, 10 ga yaqin scopus bazasidagi jurnallarda ham maqolalari chop etilgan. Kafedraning ilmiy salohiyati hozirgi vaqtda 45% ni tashkil etadi. Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligiga o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishmoqda.
Balakavr ta’lim yo‘nalishlari:
Magistratura mutaxassisligi:
- 70530104- Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo) ;
Kafedra huzurida faoliyat yuritayotgan ilmiy, fan va sport to‘garaklari:
 -    Yosh kimyogar 
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati:
bakalavriat
Magistratura: