Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Pedagogik ta’lim kafedrasi

0 (365) 226-10-97 Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy

Pedagogik ta’lim kafedrasi

Pedagogik ta’lim   kafedrasi

     Pedagogik ta’lim kafedrasida 2024-2025-yil holatiga ko‘ra pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchilar 1 nafar, pedagogika bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchilar soni 7 nafarni tashkil qiladi. Kafedraning 1 nafar professor hamda 4 nafar dotsent unvonini olgan ustozlari yosh-pedagoglarga ustoz-shogirdlik an’analari bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy faoliyatda rahnamolik qiladilar. Kafedraning ilmiy salohiyati 44,4% ni tashkil etadi.   

     Zamonaviy ta’lim tamoyillariga asoslangan holda, Pedagogik ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ushbu tadqiqotlar nafaqat mahalliy balki xalqaro miqyosda ham yuqori baholanib, nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilgan.

     Kafedra professor-o‘qituvchilari Scopus va Web of Science kabi yetakchi ilmiy bazalarda 1 ta maqola chop etib, xalqaro ilmiy hamjamiyatga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bu esa kafedraning tadqiqotlari jahon miqyosida e’tirof etilayotganini anglatadi. Shuningdek, xalqaro impakt-faktorga ega jurnallarda 28 ta maqola e’lon qilingan bo‘lib, bu ilmiy ishlanmalar xalqaro miqyosda dolzarbligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, respublika OAK jurnallarida esa 45 ta maqola chop etilgan.

     Kafedra olimlari nafaqat ilmiy jurnallarda, balki turli konferensiyalarda ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, xalqaro konferensiyalarda 15 ta, respublika miqyosidagi konferensiyalarda esa 20 ta maqola taqdim etilgan. Bu esa kafedra ilmiy jamoasining akademik faoliyatdagi faolligini ko‘rsatadi.

     Ilmiy nashrlar bilan bir qatorda, kafedra ta’lim jarayonini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratib, metodik hamda didaktik resurslarni yaratishga hissa qo‘shmoqda. Jumladan, kafedra tomonidan 1 ta o‘quv qo‘llanma, 7 ta darslik hamda 5 ta monografiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun adabiyotlar tayyorlanib 10 ta guvohnoma olingan, ilmiy va o‘quv jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilarining 4 nafari B2 va B1 darajadagi xorijiy til sertifikatlariga ega. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan 2 nafar talaba onlayn Xorijiy olimpiada va nufuzli tanlovda salmoqli o‘rinlarni egallagan. 2024-2025 o‘quv yilida yaratilgan o‘quv adabiyotlar Pedagogika nazariyasi va tarixi, Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish, Umumiy pedagogika, Yunogogika, Kreativ pedagogika, Qiyosiy pedagogika hamda Xalq pedagogikasi fanlari bo‘yicha muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

     Pedagogik ta’lim kafedrasining professor-o‘qituvchilari Respublika miqyosida ilmiy loyihalarda ishtirok etib, didaktik asarlar orqali ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish borasidagi tadqiqotlarni amaliyot bilan bog‘lash borasida izlanishlar olib borishmoqda. Xususan, milliy pedagogikada katta o‘rin va ahamiyat kasb etgan ko‘hna Sharq mutafakkirlari asarlari mazmunini chuqur o‘rganib ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Yo'nalishlar: 
   1.Pedagogika yo'nalishida (1,2,3-kurslarda jami 156 nafar talaba kunduzgi bo'limda o'qiyapti, sirtqi bo'limda 1,2,3-kurslar 170 ga yaqin talaba).
   2.Maxsus pedagogika.Logopediya yo'nalishida 1-kurslar jami 21 nafar talaba kunduzgi bo'limda o'qiyapti.
    3. Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi yoʻnalishida (2,3- kurslar jami 127 nafar talaba kunduzgi bo'limda o'qiyapti).
    4. Pedagogika va psixologiya yo'nalishi (4-kurslar kunduzgi bo'limda 48 nafar yana shuncha sirtqida o'qiyapti).
    5.Magistratura mutaxassisligi 70110100 shifri bilan 1-2 kurslar jami 24 nafar magistrantlar tahsil olmoqda