 
                                    
                                 
                                    
                                 
   
  





 
                Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya kafedrasi o‘z faoliyatini 2024 yilda boshlagan bo‘lib, kafedrada 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shundan, 9 nafar o‘qituvchilar ilmiy darajaga ega bo‘lib, kafedraning ilmiy salohiyati 72% ni tashkil etadi. 2024-2025 o‘quv yilida G.T.Yadgarova, N.A.Baxriyeva, J.Sh.Ostonov va J.Dj.Ramazonovlarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestastiya komissiyasi tomonidan Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya hamda Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni taqdim etildi.
Kafedra o‘qituvchilari Sh.Axmadov, Sh.Boboyorov, M.Aliyevalar ilmiy tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli olib bormoqdalar. S.Agamurodov Buxoro davlat univepsiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha Ilmiy seminar himoyaga tavsiya etgan. G.Ibodova esa ushbu o‘quv yilida tayanch doktoranturaga qabul qilindi va kafedrada tashqi o‘rindosh sifatida faoliyat olib bormoqda.
Qisqa vaqt davomida mazkur kafedrada bir qator ilmiy, o’quv-uslubiy va ijodiy ishlar amalga oshirilmoqda. Kafedrada o’quv adabiyotlarni yaratish juda yaxshi yo’lga qo’yilgan bo‘lib, J.Sh.Ostonov, N.A.Baxriyeva, Sh.I.Toyirova, G.T.Yadgarova, J.Dj.Ramazonov, G.Z.Rajabova, A.A.Sobirov va boshqalar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy attestastiya komissiyasi tomonidan nashrga tavsiya etilgan yigirmaga yaqin darslik, o’quv va o’quv uslubiy qo’llanmalar chop etilib, dars jarayonida foydalanib kelinmoqda.
Kafedrada ishlab chiqarish korxonalari bilan innovatsion korporativ hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hamkorlik doirasida kafedra o‘qituvchilari bir qator ilmiy, amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.
2024 dekabr oyida kafedra dotsentlari G.T.Yadgarova va N.A.Baxriyevalar Rossiya Federatsiyasining Rossiya birinchi prezidenti B.N.Elsin nomidagi Ural federal universitetida “Цифровая педагогика и психология” mavzusida malaka oshirib qaytdilar.
Kafedra o‘qituvchisi Aliyeva Mohinur koreys tilidan xalqaro TOPIC sertifikatining B2 darajasini qo‘lga kiritdi.
Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari:
60310300 – Psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi. 2024 yilda mazkur ta’lim yo‘nalishida 29 nafar talaba qabul qilindi.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati:
Kafedrada, asosan, ijtimoiy psixologiya, rivojlanish psixologiyasi va pedagogik yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra a’zolari 50 dan ortiq ilmiy maqolalar xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida chop etdilar. Kafedrada 10 dan ortiq iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilingan. Hozirgi kunda talabalarning 10 ga yaqin ilmiy maqolalari ilmiy to‘plamlarda chop etildi.
Kafedraning asosiy maqsadi
Yosh pedagog kadrlarga o’quv-metodik yordam ko’rsatish, katta tajribaga ega bo’lgan pedagoglarning ish tajribalarini umumlashtirish va ommalashtirish. Fan yo’nalishi bo’yicha mos bo’lgan oliy ta’lim muassasalari kafedralari bilan sifatli kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik o’rnatish. Fan kafedralariga tegishli bo’lgan xonalar, laboratoriyalardagi zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil etish. Ta’lim jarayonida o’qitish sifatini oshirishga qaratilgan o’quv-uslubiy va didaktik materiallarni yaratish va ommalashtirish. Pedagoglarning pedagogik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirishda yordam berish.
Psixologiya kafedrasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-texnik tadbirlarning o‘z vaqtida samarali o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27 dekabrdagi 490-sonli buyrug’iga asosan 2025 yilning 22 aprelida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Bu kabi ilmiy-amaliy konferensiyalarning tashkil qilinishi O’zbekiston 2030 strategiyasida ko’zda tutilgan maqsadlarning bajarilish, hamda yurtimizda ilm-fanning yanada rivojlanishi uchun yangi bir qadam bo’ladi. Anjumanning maqsadi zamonaviy psixologiyada ilm-fan va innovatsiyalarning rivojlanishi natijasida inson hayoti uchun muhim o‘rinda turuvchi muammolarni tadbiq etish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Anjumanda nafaqat respublikaning soha olimlari, balki xorij davlatlari, jumladan, Berlin va Xitoy davlatlaridan ham psixologiya yo‘nalishida ko‘p yillik tajribaga ega olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.