Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

O`zbek tili adabiyoti kafedrasi

0 (365) 226-10-97 Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy

O`zbek tili adabiyoti kafedrasi

O`zbek tili adabiyoti  kafedrasi

      O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 2024-yil 4-sentabrdan boshlab Tillar fakulteti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedrada 23 nafar professor-o‘qituvchi asosiy hissada, 2 nafar o‘qituvchi ichki o‘rindosh, 3 nafar professor-o‘qituvchi tashqi o‘rindosh sifatida faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 52,2%  (asosiy hissada 23 nafar professor-o‘qituvchi, shundan 12 nafari ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega professor-o‘qituvchilar hisoblanadi). Kafedra mudiri – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Amonova Ulug‘murod Sultonovich.
Belgilangan maqsad va vazifalar: 60111700, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti, 70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlarida bakalavriat hamda magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarni o‘quv rejalarida ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha chuqur bilim berish, ularda malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, egallagan ilmiy bilimlarni amaliyotga joriy qilish, talabalarni  qo‘shimcha pedagogik tayyorlov dasturlari bo‘yicha o‘qitishdan iborat.
        Kafedra tasarrufida 2024/2025 o‘quv yilida  “O‘zbek tili va adabiyoti” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 311 nafar, 28 nafar  magistrant tahsil olmoqda.
 
     Kafedradagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar:
60111700 – O‘zbek tili va adabiyoti – kunduzgi (bakalavr);
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti  – kunduzgi (bakalavr);
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti  – kechki (bakalavr);
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti   –  sirtqi (bakalavr);
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti   –  sirtqi (ikkinchi oliy);
70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti   – kunduzgi (magistratura).

        O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari va tayanch doktorantlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari:

    O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari doktorant (DSc), tayanch doktorant (PhD) hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida quyidagi mavzularda ilmiy tadqiqotlar ishlarini olib bormoqdalar:

1    Bafoyeva Nigora Azimovna (PhD)    10.00.01 – Oʻzbek tili    Abdulla Qodiriyning
“O‘tkan kunlar” romani onomastikasi
2    Maxmudova Sadoqat Xolmatovna
(DSc)    10.00.02 – Oʻzbek adabiyoti    “Yangi o‘zbek sheriyatida Vatan talqinlari: genezisi, janriy tarkibi, lingvopoetikasi”
3    Mirxanova Gulandom Rustamovna (DSc)    10.00.01 – Oʻzbek tili    Oʻzbek tilining izohli lugʻatlarida terminologik konsepsiya
4    Latifova Maftuna Yashin qizi (PhD)    10.00.01 – Oʻzbek tili    O'zbek tilida erkin o'xshatishlarning lingvistik va lingvokulturologik xususiyatlari
5    Tilavova
Munisxon Alijon
Qizi (PhD)    10.00.01 – Oʻzbek tili    Odamiylik mulki asarida
qo'llanilgan frazeologik
birliklarning
lingvoma'naviy
xususiyatlari
6    Usmonova
Mohinur Ulug‘bek
Qizi (PhD)    10.00.01 – Oʻzbek tili    O'zbek amaliy tilshunosligi ilmiy maktabi: shakllanishi, taraqqiyoti va vazifalari
7    Jo‘rayeva Laylo
Jiyanqul qizi (PhD)    10.00.01 – Oʻzbek tili    Navoiy asarlaridagi
realiyalarning
lingvokulturologik tadqiq
8    Jabborova Malohat
Valijon qizi (PhD)    10.00.02 – Oʻzbek adabiyoti    Istiqlol davri o'zbek
she'riyatida samoviy
jismlarning inson tasviriga
doir estetik ifodalari
9    Rustamova Gavhar Bahron qizi (DSc)    10.00.02 – Oʻzbek adabiyoti    O‘zbek adabiyotida obrazlarning tadrijiy dinamik poetikasi
10    Avazova Nilufar
Oqiljon qizi (PhD)    10.00.02 – Oʻzbek adabiyoti    Zamonaviy she'riyatda
to'rtlik janri poetikasi
11    Ubaydova Hulkarbegim Asror qizi (PhD)    10.00.01 – Oʻzbek tili    O‘zbek xalq paremalarida antonimiya
12    Saidova Rayhonoy
Abdug‘aniyevna
(DSc)    10.00.02 – Oʻzbek adabiyoti    Badiiy matnning struktursemantik xususiyatlari
13    Farmonova Mohinur Nuriddinovna
(PhD)    10.00.02 – Oʻzbek adabiyoti    Iqbol Mirzo she’riyati poetikasi
14    Ubaydova Hulkarbegim Asror qizi (PhD)    10.00.01 – Oʻzbek tili    O‘zbek xalq paremalarida antonimiya

Kafedrada ko‘p yillik ilmiy, pedagogik va kasbiy tajribaga  ega bo‘lgan  olimlar salohiyatidan  samarali foydalanish, iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish va istiqbolli  ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlab yetishtirish bo‘yicha maqsadli ishlarni yo‘lga qo‘yish tizimi ishlab chiqilgan. Mazkur o‘quv yilida, kafedrada moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar bajarildi. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion korporativ hamkorlik bo‘yicha 2024-yilning o‘zida 33,5 mln so‘m, 2025-yilning 1-choragida 10 mln so‘m hajmda xo‘jalik shartnomalari bajarildi.

2024-yil 21-oktabr kuni Respublikamiz va xorijdagi bir qator yetakchi olimlar ishtirokida “Filologik tadqiqotlarning yangi bosqichi: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar” mavzusidagi II xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yuqori saviyada o‘tkazildi.
Oliy ta’lim muassasalarining “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Saidova Rayxonoy Abdug‘aniyevna tomonidan “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi”, Avazova Nilufar Oqiljonovna hamda Mirjonov Nosir No‘monovichlar tomonidan “O‘zbek shevalari”, Jo‘rayeva Laylo Jiyanqulovna tomonidan “Terminologiya va leksikografiya asoslari” darsliklari, Hojieva Nigina Hayotovna tomonidan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligining I qismi,  Bafoeva Nigora Azimovna tomonidan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili (Sintaksis)” o‘quv qo‘llanmasining I qismi, Saidova Rayxonoy Abdug‘aniyevna tomonidan “O‘zbek adabiyoti” o‘quv qo‘llanmasining I va II qismlari, Rustamova Gavhar Bahron qizi tomonidan “O‘zbek folklori”,  Maxmudova Sadoqat Xolmatovna “O‘zbek tili semasiologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmalari, Amonov Ulug‘murod Sultonovich tomonidan “Elbek ijodidan topilmalar” nomli to‘plam, shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 8 nomdagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr etildi.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘tiladigan fanlar:
T/r    Fan nomi    Kursi

1.        Adabiy tanqid tarixi    4
2.        Matn lingvistikasi    4
3.        O'zbek tili semasiologiyasi    4
4.        Badiiy matnning badiiy-estetik tahlili    4
5.        Tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishlari    4
6.        Navoiyshunoslik    4
7.        O'zbek tili tarixi    4
8.        Jahon adabiyoti    4
9.        Davlat tilida ish yuritish    4
10.        Mutolaa madaniyati va ifodali o'qish    4
11.        Kechki ta’lim yo‘nalishi    
    O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi    4
12.        Hozirgi o'zbek adabiy tili    4
13.        O'zbek tilining sohada qo'llanishi    4
14.        O'zbek tili tarixi    4
15.        O'zbek tili stilistikasi    4
16.        O'zbek tilining sohada qo'llanishi    4
17.        O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi    3
18.        O'zbek adabiy tanqidchiligi tarixi    3
19.        Hozirgi o'zbek adabiy tili    3
20.        O'zbek adabiyoti    3
21.        Ona tilini o'qitish metodikasi    3
22.        Ona tilini o'qitish metodikasi    3
23.        O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi    3
24.        Sotsiolingvistika    3
25.        Kechki ta’lim yo‘nalishi    
26.        O'zbek adabiyoti    3
27.        Hozirgi o'zbek adabiy tili    3
28.        O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi    3
29.        Ona tilini o'qitish metodikasi    3
30.        O'zbek adabiy tanqidchiligi tarixi    3
31.        O'zbek adabiyoti    3
32.        Hozirgi o'zbek adabiy tili    3
33.        Davlat tilida ish yuritish    1
34.        Adabiyotshunoslik asoslari    1
35.        Ifodali o'qish va nutq madaniyati    1
36.        Amaliy o'zbek (rus) tili. Davlat tilida ish yuritish    1
     

Magistratura mutaxasisligiga o‘tiladigan fanlar:

T/r    Fan nomi    Kursi
1.        Mumtoz tarixiy poetika    1
2.        Amaliy tilshunoslik    1
3.        Lingvomadaniyathunoslik    1
4.        Adabiy ta'limda innovatsion yondashuv    1
5.        Milliy uyg'onish va jadid adabiyoti    1
6.        Amaliy tilshunoslik    1
7.        Lingvomadaniyathunoslik    1
8.        Adabiy ta'limda innovatsion yondashuv    1
9.        Milliy uyg'onish va jadid adabiyoti    1
10.        Adabiy tur va janrlar poetikasi    2
11.        Tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalari    2
12.        Lingvistik tadqiqot metodologiyasi    2
13.        Kasbiy ma'naviyat    2
14.        Lingvopoetika asoslari    2
15.        Milliy uyg'onish va jadid adabiyoti    2


Institutning boshqa ta’lim yo‘nalishlarida o‘tiladigan fanlar:

T/r    Fan nomi    Kursi
1.        Amaliy o‘zbek tili    1
2.        O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi    1