 
                                    
                                 
                                    
                                 
   
  







 
                Tabiiy va gumanitar fanlar fakulteti Aniq fanlar kafedrasi 2021 yilda o‘z faoliyatini boshlagan.
Dastlabgi yillarda Aniq fanlar kafedrasi tayyorlagan ta’lim yo‘nalishlari:
Hozir ushbu ta’lim yo‘nalishlari ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi basqich talabalari bo‘lib, 2024 yilda Aniq va tabbiy fanlar fakulteti tarkibida “Fizika kafedrasi” nomi ostida faoliyatini davom ettirmoqda.
Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar:
Kafedraning asosiy maqsadi
Yosh pedagog kadrlarga o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish, katta tajribaga ega bo‘lgan pedagoglarning ish tajribalarini umumlashtirish va ommalashtirish. Fan yo‘nalishi bo‘yicha mos bo‘lgan oliy ta‘lim muassasalari kafedralari bilan sifatli kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik o‘rnatish. Fan kafedralariga tegishli bo‘lgan kabinetlar, laboratoriyalar va zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil etish. Ta’lim jarayonida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy va didaktik materiallarni yaratish va ommalashtirish. Pedagoglarning pedagogik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirishda yordam berish.
    Kichik jamoaning yangi yilda ko‘zlagan marralari ulkan, maqsadlari aniq.
Institutda ta’lim jozibadorligini oshirish, sifatli ta’limni yaratish, xalqaro miqyosida raqobatbardoshlikni ta’minlash, talabalarning bilim olishi, salohiyatini namoyon etishi uchun keng imkoniyat yaratish yo‘lida dadil odimlaydi.
Kafedraning ilmiy-unvon va darajaviy yutuqlari
Kafedrada ilmiy, ijodiy izlanishlar tez sur’atda rivojlanmoqda. Jumladan T. Ro‘ziyev, M. nazarov, M.Narzullayev va boshqalar ilmiy tadqiqot faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqda. Kafedrning ilmiy aloqalari respublika oliy o‘quv yurtlari bilan ham yaxshi o‘rnatilgan.
Shu jihatdan, 2023 yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestastiya komissiyasi tomonidan T.Ro‘ziyev “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsentlik unvoni taqdim etildi.
Yana bir e’tirofga loyiq yutug‘imiz, 2024 yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestastiya komissiyasi tomonidan Sh.Raximovga Fizika – matematika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi.
Hozirgi paytda 8 nafar professor-o‘qituvchi kafedrada faoliyat olib bormoqda. Shulardan 1 nafar fan doktori (Sh.Raximov), 1 nafar fan nomzodi (PhD), dostent (M.Nazarov), 1 nafar falsafa doktori (PhD) dostent (T.Ro‘ziyev), va 5 nafar assistent o‘qituvchilar.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati
Kafedrada o‘quv adabiyotlarni yaratish juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan M.Narzullayev, M.Nazarov, Sh.Raximov, T. Ro‘ziyev, Sh. Jamolova va boshqalarlar tomonidan yigirmaga yaqin darslik, o‘quv va o‘quv metodik qo‘llanma chop etilib dars jarayonida foydalanib kelinmoqda. Buning natijasida, Fizika kafedrasi ilmiy salohiyati yetakchi o‘rinlarda e’tirof etilmoqda.
Kafedrada asosan, fizka yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 2023 - yilda kafedramiz dotsenti M.Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» tomonidan “Gelioqurutgich” nomli foydali modelga patent olishga hamda, 2024 yilda esa shu nomli sanoat namunasiga patent olishga muvaffaq bo‘ldilar.
O‘quv jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlash, talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish, ularda bevosita amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadida Buxoro viloyatdagi ko‘plab maktablar, texnikumlar, kasb-hunar maktablari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘ygan.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati
Kafedrada asosan, fizka yo‘nalishlarida ilmiyd-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Keyingi 3 yil davomida kafedra a’zolari 80 dan ortiq ilmiy maqolalarni xalqaro va respublika ilmiy jurnallarda chop etdilar. Kafedrada “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” Respublika yarmarkalarida faol ishtirok etib kelishmoqda.
Kafedrada 20 dan ortiq iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilingan bo‘lib, kafedradagi professor – o‘qituvchilar ushbu talabalarga ustoz-shogirdlik an’anasida biriktirilgan. Shu asnoda har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetkazish masalalari oʻz ifodasini topdi. Professor – o‘qituvchilarimiz qo‘lida talabalarimizning ilmiy maqolalari ilmiy to‘plamlarda chop etilmoqda.