Corporate Logo Corporate Logo

Ishonch telefoni: 0 (365) 226-10-97'

o'zb | рус| eng
Batafsil

“Ayollar qadr topgan yurt".

  • 10-Mart, 2024-yil 14:29
Blog Image

Buxoro davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi

Umedjanova Malika Lukmanovna

 

Go‘zal diyorimizga barchamiz sog‘inib kutgan bahor nafasi kirib keldi. Bahor tobora kuchga kirib, tabiat uyg‘onib borayotgan damda biz bahor va ayol so‘zlarining naqadar uyg‘un va hamohang ekanini yanada chuqur anglaymiz. 

Ayollarning jamiyatdagi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy sohalardagi mavqei u kamol topishi intensivligi darajasining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ayollarning mavqeini aks ettiradigan ma’lumotlar inson salohiyatini rivojlantirishda mamlakat erishgan haqiqiy yutuqlarning, shaxsni uyg‘un kamol toptirish va uning salohiyatini kompleks ro‘yobga chiqarish maqsadida jamiyatning ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar berilgan ijtimoiy adolat sari borishi darajasining xolis mezoni hisoblanadi. 

Yurtboshimiz  Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan biz ayollarga yo‘llagan bayram tabrigida ta’kidlaganlaridek, yurtimizda mehnatkash, oliyjanob xalqimiz, birinchi navbatda, xotin-qizlar uchun erkin, obod va farovon hayot barpo etish – davlatimiz va jamiyatimizning eng ustuvor vazifasi etib belgilanganligi, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Mamlakatimizda qonunchilikni mustahkamlash, qabul qilinayotgan qonunlarimizning adolatli va ta’sirchan bo‘lishida ularning ham albatta hissasi katta. Haqiqatan ham, barcha sohalarda xotin-qizlarning alohida o‘rni bor. Jumladan, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 2017 yildagi 27 foizdan 35 foizga yetgani ayniqsa e’tiborlidir. Shu bilan birga, yuzlab oqila ayollar hayotimizning barcha sohalarida jonbozlik bilan faoliyat ko‘rsatayotgani barchamizni quvontiradi. Bu borada Gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi samarali ish olib borayotganini ta’kidlash lozim.

Jamiyatimizning turli sohalarida ularning faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Mamlakatimizda ayolga bo‘lgan munosabat o‘z tarixiy ildizlariga ega, ajdodlarimiz doimo ayollarni qadrlashga, ularga nisbatan hurmat va izzatda bo‘lishga da’vat etishgan. 

O‘zbekiston ayollari davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etmoqda, ularning oiladagi mavqei mustahkamlanmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosat xotin-qizlarimizga chinakam baxtli yashashi uchun, ularning huquq hamda erkinliklarni ta’minlash, intellektual va ma’naviy yuksalishi, kasbiy hamda oilaviy majburiyatlarni hamohang tarzda bajarishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilyotir.

Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ham salmoqli natijalarga erishilmoqda. Bunday g‘amxo‘rlikdan ruhlangan ayollarimiz vatan uchun yanada ko‘proq o‘z hissalarini qo‘shishga va mana shu muqaddas zaminni, undagi musaffo osmonni asrashga harakat qilmoqdalar. Bugungi kunda ayollarimiz barcha sohalarda erkin ishlash imkoniyatiga egadirlar. Xoh u maorif bo‘lsin, xoh u sanoat sohasi bo‘lsin, yoki siyosiy-ijtimoiy, tadbirkorlik va fermerlik sohasi bo‘lsin barchasida ayollarimiz mehnat qilish huquqiga egadirlar. Qisqa qilib aytganda, bizning yurt ayollar qadr topgan yurt desak mubolag‘a bo‘lmaydi.