Corporate Logo Corporate Logo

Ishonch telefoni: 0 (365) 226-10-97'

o'zb | рус| eng
Batafsil

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

  • 2-Aprel, 2024-yil 11:07
Blog Image

Buxoro davlat pedagogika institutiga xususiy tashabbuskor “AKBARSHOX HOUSE” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Buxoro davlat pedagogika instituti (0,3 gektar) hududida 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;

 Loyiha konsepsiyasi;

Loyiha to‘g‘risida ma’lumot.



Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 16-mayga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:

Buxoro davlat pedagogika instituti

Elektron pochta manzili: buxdpi@buxdpi.uzbdu2212787@mail.ru

  Telefon raqami: +998 (65) 226-10-97, (91) 419 57 09;

 Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Q.Murtazoyev 16-uy, Buxoro davlat pedagogika instituti hududida.



Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi

Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz

Telefon raqami: +998(71) 203-32-23

Manzil: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Elektron pochta manzili: pppd@imv.uzAlisher.Normurodov@imv.uz

Telefon raqami: +998(71) 203-50-50 (01936)

Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy



“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.