60530100 – Kimyo bakalavriat yo‘nalishi malaka talabi asosida mazkur ta’lim yo‘nalishi kimyo fanining nazariy va amaliy asoslarini chuqur egallagan, moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va o‘zgarish qonuniyatlarini ilmiy asosda tahlil qila oladigan, zamonaviy laboratoriya usullari hamda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatini olib borishga qodir bakalavr kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Bitiruvchilar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida kimyo fanidan dars berish, ilmiy-tadqiqot institutlari, kimyoviy laboratoriyalar, sanoat korxonalari, ekologiya, farmatsiya, neft-gaz, oziq-ovqat va materialshunoslik sohalaridagi tashkilotlarda mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Ular kimyoviy jarayonlarni tahlil qilish, tajribalar o‘tkazish, laboratoriya ishlarini tashkil etish, ilmiy xulosa chiqarish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga rioya etish bo‘yicha zarur kompetensiyalarga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.