Bosh energetik — tashkilot yoki korxonada energiya resurslarini samarali boshqarish, energiya tejash rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis. U elektr energiya turlarini iqtisodiy va samarali foydalanishni nazorat qiladi.
Asosiy maqsad — energiya resurslaridan tejamkor va maqbul foydalanishni ta’minlash, xarajatlarni kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish.