Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi boshlig'ining asosiy vazifalari va funksiyalari.

  • bo'limga bevosita rahbarlik qilish;
  • bo'limning vazifa va funksiyalarining bajarilishi ustidan mas'ul hisoblanadi;
  • bo'lim ish tartibini tashkil etadi, xodimlar, shuningdek, ta'lim ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi innovatsion hamkorlik aloqalariga doir masalalar bo'yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, bo'lim tomonidan olib boriladigan tadqiqotlarni dolzarbligini va ilmiy mazmuni bo'yicha mas'ul hisoblanadi;
  • institut professor-o'qituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan innovatsiyalarni tijoratlashtirish, ularning realizatsiyasini tashkil etish bilan shug'ullanadi va xodimlar ishini muvofiqlashtiradi;
  • bo'lim faoliyati natijalari bo'yicha xisobotlarni tayyorlashni boshqaradi,
  • institut rektorining tegishli buyruqlarini amalga oshirish monitoringini olib boradi hamda topshiriqlarning bajarilishi to'g'risida axborotlarni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektorga taqdim etadi;
  • ta'lim ilm-fan va ishlab chiqarish hamda innovatsion faoliyatini rivojlantirishga oid bo'lgan Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, bayonnomalari va Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Nizom, Buyruq va boshqa me'yoriy xujjatlardan doimiy ravishda xabardor bo'ladi va ularni xodimlarga o'z vaqtida yetkazib turadi;
  • bozorni tizimli ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larga bo‘lgan talabni o‘rganish, o‘zini qoplash muddatini, rentabellik va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq xatarlarni baholash;
  • yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor bo‘lgan, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni tanlab olish;
  • innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;
  • yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
  • institut professor-o'qituvchilari va ilmiy xodimlarini korxonalar bilan xo’jalik shartnomalarni  tuzishlarida amaliy yordam berish  va hisobini yuritish.