Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

60111100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Orqaga
Bakalavr | 2025-2026 o'quv yili

60111100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

60111100 – “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi va kechki shakllarda amalga oshiriladi, kunduzgi ta’lim muddati 4 yil bo‘lib, milliy g‘oya, ma’naviyat va huquq sohalarida zamonaviy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega pedagoglarni tayyorlashga qaratilgan; bitiruvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiya va huquq fanlari o‘qituvchisi, texnikumlarda tarbiya va huquq fani o‘qituvchisi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tizimida mutaxassis, shahar va tuman hokimliklarida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari, metodist, yoshlar yetakchisi hamda ta’lim muassasasini boshqarish tizimida mutaxassis sifatida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida davlat va huquq nazariyasi va tarixi, konstitutsiyaviy huquq, milliy g‘oya tarixi va nazariyasi, ma’naviyatshunoslik, etnomadaniyat, globallashuv asoslari, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari, tarbiya va huquq fanlarini o‘qitish metodikasi, inklyuziv ta’lim va mediasavodxonlik kabi fanlar o‘qitiladi hamda malakaviy amaliyotlar (o‘quv-tanishuv, pedagogik va bitiruv oldi) orqali nazariy bilimlar mustahkamlanib, bitiruvchilarga “Tarbiya va huquq fani o‘qituvchisi” kvalifikatsiyasi beriladi.