70111201 – “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” magistratura mutaxassisligi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib 120 kredit hajmni tashkil etadi hamda me’yoriy o‘qish muddati 2 yil bo‘lib, milliy malaka ramkasi, kasb standartlari va kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqib jismoniy tarbiya va sport sohasida chuqur nazariy bilimga, ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-pedagogik kompetensiyalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan; mutaxassislik bo‘yicha o‘qish uchun kamida B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi; bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari, professional ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat yuritish, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlarida ilmiy tadqiqot olib borish, shuningdek ta’lim sifatini monitoring qilish bo‘limlarida pedagog, metodist, tadqiqotchi va boshqaruv xodimi sifatida faoliyat yuritishi mumkin; o‘quv jarayonida ilmiy tadqiqot metodologiyasi, jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda metodologiyasi, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy faoliyatni tashkil qilish, bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim tizimidagi islohotlar kabi fanlar o‘qitiladi, malakaviy va ilmiy-amaliyotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish yakuniy natija sifatida belgilangan.