70530203 – “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya)” magistratura mutaxassisligi kunduzgi shaklda amalga oshiriladi, kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib umumiy hajmi 120 kreditni, me’yoriy o‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi hamda geografiya ta’limi bo‘yicha yuqori malakali, innovatsion yondashuv va ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalariga ega pedagog kadrlarni tayyorlashga qaratilgan; mazkur mutaxassislikda o‘qish uchun kamida B1 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikat talab etiladi; bitiruvchilar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional hamda oliy ta’lim muassasalarida geografiya fani o‘qituvchisi sifatida, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy-pedagogik tadqiqotlar yo‘nalishida, ta’lim muassasalarini boshqarish hamda ekologiya, kadastr, geoaxborot tizimlari va hududiy rejalashtirish bilan bog‘liq tashkilotlarda faoliyat yuritishi mumkin.