(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

ADMISSION TO THE MASTER'S PROGRAM FOR THE 2026–2027 ACADEMIC YEAR HAS BEGUN!

  • Home
  • Admission
  • ADMISSION TO THE MASTER'S PROGRAM FOR THE 2026–2027 ACADEMIC YEAR HAS BEGUN!
ADMISSION TO THE MASTER'S PROGRAM FOR THE 2026–2027 ACADEMIC YEAR HAS BEGUN!

ADMISSION TO THE MASTER'S PROGRAM FOR THE 2026–2027 ACADEMIC YEAR HAS BEGUN!

Buxoro davlat pedagogika instituti magistratura bosqichiga hujjatlar qabuli boshlanganini ma’lum qiladi.

Bugungi raqobatbardosh davrda nafaqat oliy ma’lumotga ega bo‘lish, balki o‘z sohasining yetuk mutaxassisi, tadqiqotchisi va lideriga aylanish muhim ahamiyat kasb etadi. Magistratura bosqichi esa aynan shu maqsadlarga erishish yo‘lidagi eng muhim qadamlardan biridir.

Institutimizda 2026–2027-o‘quv yili uchun quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul amalga oshirilmoqda:

  1. Pedagogika nazariyasi va tarixi
  2. Pedagogika
  3. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
  4. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
  5. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
  6. Musiqa ta’limi va san’ati
  7. Tasviriy san’at
  8. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)
  9. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya)
  10. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
  11. Ta’limda axborot texnologiyalari
  12. O‘zbek tili va adabiyoti
  13. Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti)
  14. Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  15. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)
  16. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi)
  17. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chaqiriqqacha harbiy ta’lim)
  18. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya)
  19. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya)
  20. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo)
  21. Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
  22. Psixologiya

Sifatli ta’lim, keng ilmiy imkoniyatlar, amaliyot va hamkorlik muhiti hamda zamonaviy yondashuvlar Buxoro davlat pedagogika institutining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Batafsil ma’lumot uchun: +998 97 303 85 03

Kelajagingiz uchun to‘g‘ri tanlov qiling! Ilm-fan, izlanish va yuksak malaka sari biz bilan birga intiling.