

👍 Ayni damda Buxoro davlat pedagogika institutida Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
🔘 Mazkur imtihonlar nomzodlarning jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi, tezkorligi hamda harbiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olishga munosib salohiyatini aniqlashga qaratilgan. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi yuksak intizom, mas’uliyat, qat’iyat va ma’naviy-irodaviy tayyorgarlikni talab etuvchi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffoflik va adolat tamoyillari asosida, malakali professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etilmoqda.
📍 Imtihonlar Buxoro shahridagi Sitora sport maydonida davom etib, jarayonni yuqori saviyada tashkil etish, ishtirokchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, shuningdek, ota-onalar hamda keng jamoatchilik uchun ochiqlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
▶️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning borishini quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin:
🔗 camera.buxdpi.uz
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube