

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!" respublika ko'rik-tanlovining hududiy saralash bosqichida institutimizning "IRFON" jamoasi barcha shartlar bo'yicha yuqori natijalarni qayd etib, 341,5 ball bilan faxrli 3-o'rinni egalladi hamda Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Yakuniy natijalar:
Mazkur natija Buxoro davlat pedagogika instituti talaba-yoshlarni sog'lom turmush tarziga yo'naltirish, ularning ma'naviy immunitetini mustahkamlash hamda zararli illatlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning yana bir yorqin ifodasi bo'ldi.