(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape
#MassMedia

#MassMedia

Samarqand shahrida 7–12-iyun kunlari o'tkazilgan "Voice UP" xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohi turli mamlakatlardan tashrif buyurgan faol, tashabbuskor va innovatsion fikrlovchi yoshlarni bir platformada jamladi. Mazkur xalqaro loyiha doirasida O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkmaniston hamda Turkiyadan kelgan yoshlar o'z innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdi. Ushbu nufuzli tadbirda Buxoro davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi Feruzbek Faxriddinov ham faol ishtirok etib, o'zining innovatsion ishlanmasini taqdim etdi.

Talaba tomonidan ko'zi ojiz insonlar uchun sun'iy intellekt asosida ishlovchi "Qalb ko'zi" Smart ko'zoynak loyihasi taqdim etildi. Mazkur loyiha atrof-muhitni tahlil qilish, real vaqt rejimida foydalanuvchiga ma'lumot yetkazish hamda ko'zi ojiz insonlarning mustaqil harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi bilan xalqaro ishtirokchilar va ekspertlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Tadbir davomida Shahnoza Mirziyoyeva yoshlar tashabbuslarini yuqori baholab, ularning jamiyat ravnaqi yo'lidagi ahamiyatini alohida ta'kidladi.

Bunday xalqaro loyihalarda ishtirok etish yoshlarning ilmiy salohiyati, innovatsion fikrlashi va global miqyosdagi tajribasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.