This website is currently running in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected!
shape
shape

Bosh muhandis

Bosh muhandis

 

Institutda mavjud 5 ta o‘quv binolarida 3 600 o‘quv o‘rniga ega bo‘lib, xonalar soni 371 ta (o‘quv xonalari 206-ta, xizmat xonalari 98 ta, yordamchi xonalar 67 ta)ni tashkil etadi.

Davlat xususiy sherikchiligi asosida loyiha qiymati 33 388,0 mln.so‘mlik 400 oʻrinlik yotoqxona binosi qurib bitkazildi va bu bilan institut talabalarinining qo‘shimcha 416 oʻrinlik yotoqxonaga boʻlgan ehtiyoji qondirildi.

Buxoro shahar Piridastgir koʻchasi 2-uy manzilida Talabalar yotoqxonasi old qismida IV-chorakda 2 148,0 mln  soʻmlik “Jadidlar bogʻi”ni qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Buxoro shahar Q.Murtozoyev koʻchasi 16-uy manzilida 1 974,0 mln. soʻmlik 150 o‘rinli axbarot resurs markazi qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Bundan tashqari, Pedagogik klaster tashkil qilish maqsadida Buxoro shahar, Piridastgir koʻchasi 10-uy manzilida joylashgan sobiq Avtomobil yoʻllari texnikumi binosi institut balansiga oʻtkazildi (bino quvvati 1200 o‘rin) hamda qo‘shimcha maktab va bog‘cha qurish va ushbu bino uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi uchun jami 850,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratilib shaffof.qurilish elektron platformasi tomonidan g‘oliblar aniqlanib ishlar boshlandi.

Buxoro davlat pedagogika institutining  o‘quv binolari, faollar zali hamda sport zali joriy ta’mirdan chiqarilib 1 462 mln. so‘mlik ishlar bajarilib foydalanishga qabul qilindi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazish bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risida.

Bugungi kunda, Buxoro davlat pedagogika institutida kuz-qish mavsumiga barqaror va betalofat ishlashi uchun institutda mavjud 5 dona qozonxonalar bo‘lib ularga 19 dona isitish qozonlari mavjud ushbu qozonlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun isitish tizimi quvurlari yuqori bosim ostida yuvish (промивка) ishlari bajarildi.

Pedagogika fakultetining A blokga tegishli qozonxonaning 4 dona КОГн-100 rusumli qozonlari yaroqsiz xolga kelganligi sababli uning o‘rniga 3 dona КОГн-200 rusumli yangi qozonlar o‘rnatildi.

Institutning barcha qozonlari, GRPlari, tutun mo‘rilari, suv nasoslari kuz-qish mavsumiga tayyorlandi.

Institutda mavjud bo‘gan 4 dona OSTEN 16 hamda  1 dona ULTRAMAG rusumli gaz hisoblagichlari yaroqsiz holga kelganligi sababli yangi 7 dona SMART 25 rusumli gaz hisoblagichlari o‘natildi.

Institut qozonlarida rejim sozlash (наладка) ishlari hamda gazdan vosita sifatida xavfsiz foydalanish va gazdan vosita sifatida foydalanishda yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan gaz hisobkitoblari bo‘yicha tegishli tashkilot mutaxasislari bilan birgalikda ishlar amalga oshirildi.