shape
shape

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

Buxoro davlat pedagogika instituti 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga qabul jarayonlari boshlanganini e’lon qiladi!
Bugun zamonaviy bilim, innovatsion yondashuv va malakali kadrlar tayyorlash yo‘lida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan institutimiz siz aziz yoshlarni o‘z safimizga chorlaydi. Kelajagingizni puxta poydevor asosida qurish, o‘z kasbingizning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishish va orzularingiz sari dadil qadam tashlash uchun ayni imkoniyat!
Institutda kunduzgi ta’lim bo‘yicha 24 ta zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar mavjud:
Pedagogika
Maktabgacha ta’lim
Boshlang‘ich ta’lim
Maxsus pedagogika (logopediya)
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
Musiqa ta’limi
O‘zbek tili va adabiyoti
Ona tili va adabiyoti: rus tili
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
Milliy g‘oya, ma’naviy asoslar va huquq ta’limi
Jismoniy madaniyat
Texnologik ta’lim
Tarix
Psixologiya
Biologiya
Kimyo
Geografiya
Fizika
Matematika
Amaliy matematika
Sifatli ta’lim, zamonaviy infratuzilma, ilmiy faoliyat uchun keng imkoniyatlar hamda tajribali professor-o‘qituvchilar jamoasi sizni kutmoqda.
Buxoro davlat pedagogika instituti bilan birga bilim oling, kasb egallang va muvaffaqiyat sari dadil odimlang!
Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 25-iyungacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.
Murojaat uchun: (65) 226-05-97