

Buxoro davlat pedagogika institutida 2026–2027-o‘quv yili uchun bakalavriatning kechki ta’lim shakliga qabul boshlandi!
Bugungi kunda zamonaviy bilim va kasbiy mahorat muvaffaqiyatning eng muhim omillaridan biridir. Agar siz ish faoliyatingizni davom ettirgan holda oliy ma’lumot olishni istasangiz, kechki ta’lim aynan siz uchun yaratilgan qulay imkoniyatdir.
Institutimizda kechki ta’lim bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarga qabul amalga oshirilmoqda:
Maktabgacha ta’lim
Boshlang‘ich ta’lim
O‘zbek tili va adabiyoti
Jismoniy madaniyat
Tarix
Matematika
Institutimizda quyidagi afzalliklar mavjud
:Malakali professor-o‘qituvchilar
Zamonaviy ta’lim metodlari
Ilmiy va amaliy faoliyat uchun keng imkoniyatlar
Talabaga yo‘naltirilgan qulay ta’lim muhiti
Bilim va tajriba orqali mustahkam kelajak sari yo‘l
Bugun qabul qilgan qaroringiz ertangi muvaffaqiyatingiz poydevorini yaratadi. Oliy ta’lim olish orzusini ortga surmang — o‘z ustingizda ishlang, bilim oling va yangi marralarni zabt eting.
Buxoro davlat pedagogika instituti sizni yuksak maqsadlar, katta imkoniyatlar va yorqin kelajak sari chorlaydi!
Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 25-iyungacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.
Batafsil ma’lumot uchun: (65) 226-05-97