

Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Musiqa va tasviriy san'at kafedrasida magistratura bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo'lib o'tdi.
Himoya jarayonida magistrantlar o'z ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini taqdim etib, dolzarb mavzular yuzasidan olib borgan izlanishlari, ilmiy xulosalari va amaliy tavsiyalarini Hay'at a'zolari e'tiboriga havola etdilar. Dissertatsiyalar ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati nuqtai nazaridan atroflicha muhokama qilindi.
Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi ilmiy salohiyatni namoyon etish, yosh tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlash hamda ta'lim va ilm-fan integratsiyasini yanada mustahkamlash yo'lida muhim bosqich bo'ldi.