(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Germaniyada EMPOWER loyihasi koordinatorlar yig'ilishida ishtirok etdik

Germaniyada EMPOWER loyihasi koordinatorlar yig'ilishida ishtirok etdik

Germaniyada EMPOWER loyihasi koordinatorlar yig'ilishida ishtirok etdik

Germaniyaning Drezden shahrida Erasmus+ KA2 dasturining EMPOWER (Enhancement of Entrepreneurship Skills among Women to Provide Gender Equality and Employability for Citizens of Uzbekistan) loyihasi doirasida 6-koordinatorlar yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Mazkur xalqaro tadbirda Buxoro davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri G.X. Xamdamova hamda katta o'qituvchi M.A. Baxronova ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natijalar, hamkor universitetlar tajribasi hamda loyihaning yakuniy bosqichida amalga oshiriladigan vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, gender tengligini qo'llab-quvvatlash va oliy ta'limda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida institut vakillariga loyiha doirasidagi faol ishtiroki va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun sertifikatlar topshirildi.

Mazkur loyiha tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda ta'lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.