O'qituvchi
Sadullayev Ibrat Shuxratovich 1990-yil 1-iyun kuni Buxoro viloyati, Olot tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. 1995-2004 yillarda Olot tumanidagi 25- umumiy o‘rta ta’lim maktabini, 2004-2007 yillarda Olot qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji “EHM operatori” mutaxassisligi, 2007-2011 yillarda Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti “Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat, 2011-2013 yillarda ushbu oliygohda “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2013 yili Buxoro davlat universiteti “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan. 2014-2015 yillarda Fizika-matematika fakultetining “Axborot texnologiyalari va tizimlari” kafedrasi hamda 2015-2021 yillarda “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-2022 yillarda Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Pedagogik ta’lim fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari hamda 2022-yildan 2023- yilgacha Buxoro davlat Pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 2023-yilda Buxoro davlat universitetining tayanch doktoranturasiga qabul qilingan. Pedagogik staji 12 yil. Sadullayev Ibrat Shuxratovich 2023 yildan Buxoro davlat universitetida pedagogika fanlari doktori, professor Olimov Shirinboy Sharofovich rahbarligida “Oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shaklida zamonaviy elektron ta’lim tizimini joriy etish metodikasini takomillashtirish” mavzusida tayanch doktorant sifatida ilmiy ish olib borayapti.
Matematika va informatika kafedrasi, o'qituvchi
Amaliy matematika va axborot texnologiyalari
O'qituvchi
-
1.Ta’limda axborot texnologiyalari 2.Informatika va raqamli texnologiyalar 3.Informatika o'qitish metodikasi
| T/r | Jurnal nomi | Maqola mavzusi | Yil | Ko'rish |
|---|
| T/r | Sertifikat nomi | Ko'rish |
|---|
| T/r | Loyiha nomi | Ko'rish |
|---|
| T/r | Mavzu | Ko'rish |
|---|
| T/r | Mavzu | Ko'rish |
|---|
| T/r | Mavzu | Ko'rish |
|---|
| T/r | Mavzu | Ko'rish |
|---|