Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

ARIF KADIROV

team image

ARIF KADIROV

dotsenti, p.f.n.

Kadirov Аrif Maxmudovich - Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa va tasviriy sanʼat kafedrasi p.f.n Dotsenti Telefon: +998893 686-44-92 Elektron pochta: kam.bukhara@mail.ru Kadыrov Аrif Maxmudovich- 1956 yil 28 fevralda Buxoro shahrida tugʼilgan. 1977 yilda Buxoro davlat pedagogika instituti, badiiy grafika fakulьtetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Mehnat faoliyatini 1972 yilda Buxoro shahridagi 23-son oʼrta maktabda tasviriy sanʼat va chizmachilik fanidan oʼqituvchi, 1977 yilda Buxoro davlat pedagogika instituti “Tasviriy sanʼat” kafedrasi oʼqituvchisi, 1992-2012 yillar “Xalq amaliy bezak sanʼati”, “Tasviriy va amaliy sanʼat“ va “Chizma geometriya va chizmachilik” kafedralari mudiri, hamda 1998-2012 yillarda viloyat «HUNАRMАND» uyushmasi raisi boʼlgan. U 2012 yildan Buxoro davlat universitetida maʼnaviy–maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda. 1989 yilda Moskva davlat pedagogika institutida «Badiiy toʼgaraklarda oʼquvchilarning estetik idrok qilishini rivojlantirish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy yoʼnalishi: amaliy sanʼat tarixi va oʼqitish uslubiyoti. 10dan ortiq oʼquv metodik qoʼllanmalar, 20 ta metodik alьbomlar va 50dan ortiq ilmiy makolalar eʼlon qilgan. 1992 yilda respublikada ilk bor BuxDU qoshida “Xalq amaliy bezak sanʼati” kafedrasini ochib mudirlik qilib kelgan. Xalq amaliy bezak sanʼati sohasidagi ijodiy ishlari ham muvaffaqiyatga sazovordir. Ganch va yogoch oʼymakorligi boʼyicha ijodiy ishlari viloyat va respublika koʼrgazmalarida namoyish etilgan. 1994 yildan boshlab, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Rossiya, Pokiston, Germaniya, Gretsiya, Frantsiya, АQSh, Shotlandiya va Saudiya Аrabistonida oʼtkazilgan xalqaro koʼrgazmalarda ijodiy ishlari namunalari bilan qatnashgan. Koʼpgina respublika va xalqaro ilmiy-ijodiy ilmiy anjumanlar va festivallarda ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etgan. 2002 yildan Oʼzbekiston badiiy akademiyasi aʼzosi. YuNESKO va KАKSА tashkilotlari tomonidan hunarmandchilik mahsulotlariga beriladigan 15ta sifat sertifikatlarni olishiga erishdi. 2007 yilda Oʼzbekiston badiiy akademiyasining kumush medali bilan taqdirlangan. Viloyatda koʼpgina tarixiy obidalarni taʼmirlashda jumladan Bahovuddin Naqshband, Chor Bakr, Fayzulla Xoʼjaev uy muzeyi, Sitorai Moxi Xossa muzeyi, Labi hovuz majmuasida naqqoshlik, yogʼoch va ganch oʼymakorligi ishlarini shogirdlari bilan bajargan. Аmaliy sanʼatining ganch va yogoch oʼymakorligi turi boʼyicha 200dan ortik shogirdlarni yetishtirib chiqqan. Viloyat hunarmandlar ijodi haqida 10dan ortiq xujjatli filьm tayerlab, Respublika televideniyasi orqali namoyish etildi. Viloyatdagi ishsiz yoshlar uchun MFYlari qoshida «Usto-shogird» maktabi tashkil etib, milliy hunarmandchiligimizni zardoʼzlik, patdoʼzlik, naqqoshlik, ganch oʼymakorligi, kashtachilik va gilam toʼqishni 1000dan ortiq yoshlarga oʼrgatishga erishdi. Аmaliy sanʼatni rivojlantirish va uni kelgusi avlodga oʼtkazish, ilmiy – pedagogik faoliyati uchun 2009 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan. 2017y. “Oʼzbekiston konstitutsiyasining 25 yilligi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan 2021 yil Uzbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirining 2021 yil 04 yanvardagi 4-sonli buyrugʼiga asosan “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlosichisi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Web of Science ResearcherID:
-
Scopus:
-
OrcId:
-
Google scholar:
Google scholar

None

O'rta maktabning rasm va chizmachilik o'qituvchisi

Pedagogika fanlari nomzodi Moskva davlat pedagogika institutining 28 sentabr 1989-yil 22-pratakoli bilan KD 009750 Pedagogika fanlari nomzodi diplomi 27-dekabr 1989-yilda berildi O'zbekiston Respublikasi Oliy atettatsiyasi komisiyasi Buxoro davlat universiteti ilmiy kengashining tafsiyasiga ko;ra Xalq amaliy bezak san'ati kafedrasi bo'yicha dotsent ilmiy unvoni 1993-yil 27-may 9\1 sonli bayonnoma 03 001048 tasdiqlandi. Kadirov Arif Mahmudovich 2020-yil 3-fevraldan 2020-yil 29-fevralgacha Bosh ilmiy-metodik markazda "Ta'lim tizimi menejmeti" qayta tayyorlash kursida ta'lim olib malaka attestatini sertifikatni oldi.

2007 yil O'zbekiston badiiy akademiyasi kumush medali 2009 yil ''Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni 2017 yil ''O'zbekiston konstitutsiyasining 25 yilligi" ko'krak nishoni 2021 yil O'zbekiston Respubliksi Favqulotda vaziyatlar vazirligining 2021yil 4 yanvardagi 4-sonli buyrug'iga asosan "Mnaviy -ma'rifiv ishlar a'lochisi" ko'rrak nishoni bilan taqdirlangan.

Amaliy san'atni o'qitish uslubiyoti kulolchilik haykaltaroshlik naqqoshlik qalamtasvir ganch o'ymakorligi amaliy bezak san'ati

T/r Jurnal nomi Maqola mavzusi Yil Ko'rish
T/r Sertifikat nomi Ko'rish
T/r Loyiha nomi Ko'rish

T/r Mavzu Ko'rish

T/r Mavzu Ko'rish

T/r Mavzu Ko'rish

T/r Mavzu Ko'rish

Bog'lanish

Savol va takliflar uchun