Dotsent
1989-yil 10-yanvar sanasida Buxoro viloyati Buxoro shahri “Piridastgir‘” MFYning “Piridastgir‘” ko‘chasida ziyoli oilasida tavallud topgan. Oilali 1 nafar farzandning onasi. 2012-yilning 2-sentabridan Buxoro davlat universiteti “Tabiiy fanlar” fakultetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinib, 2016-yilda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida mo‘l va sifatli hosilni oshirish omillari” mavzusini muvaffaqiyatli himoya qilib bakalavr darajasini olgan. 2015-yil 5-oktyabrdagi 381-sonli buyrug’iga muvifiq O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Ulug’bek nomli Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi. 2016-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 5A 140602 “Geografiya” (umumiy geografiya) mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga qabul qilinib, 2018-yilda maxsus mutaxassislikni “Buxoro viloyati tarixiy turizmi rivojlanishining geografik jihatlari” mavzusini muvaffaqiyatli himoya qilib magistr akademik darajasini olgan. 2016-2018 yillarda Toshkent shahri Yunusobod tuman 302-sonli umumta’lim maktabi geografiya fani o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelgan. 2018-2021 yillarda Buxoro viloyati Buxoro shahri 13-sonli umumta’lim maktabi geografiya fani o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelgan. 2019-2023-yillarda “Tabiiy fanlari” fakulteti “Ekologiya va geografiya” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelgan. Universitet rektorining 2022-yil 5-yanvardan № 486-У raqamli buyrug’iga asosan, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) ixtisosligi bo’yicha, mustaqil izlanuvchi (PhD) ga qabul qilinib, “Talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda dasturiy ta’lim vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish” nomli dissertatsiya mavzusi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib boribmoqda. 2023-yilning 18-yanvaridan Buxoro davlat Pedagogika inistituti “Aniq va tabiiy fanlar” fakultetining “Tabiiy fanlar” kafedrasi geografiya o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. “Best Publication”ning 2023-yilning 15-fevraldagi №-3-sonli qaroriga asosan Xalqaro ilmiy-amaliy MDH ko‘rik tanlovida “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik ko‘krak nishoni va nishon belgisi bilan taqdirlangan. Pedagogik faoliyat davomida, 50 dan ortiq xorijiy va respublikamizdagi ilmiy jurnallarda maqolalar va konferensiya to’plamlarda tezislarni nashr etgan. Shulardan: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan “Tabiiyot va geografiya o‘qitish metodikasi” elektron darsligi, 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan “Ta’limda axborot texnologiyalari” darsligi, 2022-yil 19-iyul 233-sonli buyrug‘iga asosan “Tabiiyot va geografiya o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi hamda 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan “Ta’limda axborot texnologiyalari” еlektron o‘quv qo‘llanmalari nashr ettirilgan.
None
Geografiya
None
Mirzo Ulig'bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori
“Geoekologiya”, “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslarini o‘qitish metodikasi”, “Transport va xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasi”
| № | Jurnal nomi | Maqola mavzusi | Yil | Просмотреть |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Ilm sarchashmalari”. Ilmiy-nazariy, metodik jurnali. 2025 y. № 5/1 . Urganch sh. 143-147 b. | Geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitish metodikasi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid tadqiqot ishlarining tahlili | 2024 | Просмотреть |
| 2 | Оброз педогогических исследований | Педогогическое блогополучие педагогов России и Узбекистана в современныч условиях | 2024 | Просмотреть |
| 3 | Skopus. International Journal of Aquatic Research and Environmental Studies 5(1) 121-131. 2025 | A critical discourse analysis of linguistic framing in climate change skepticism across media and political narratives | 2024 | Просмотреть |
| 4 | Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish (elektron darslik) N:DGU 46414 | Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish | 2024 | Просмотреть |
| 5 | Jamiyat va innovatsiyalar. Special Issue – 11(2024) ISSN 2181-1415 | Geografiyada zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish | 2024 | Просмотреть |
| 6 | “Iqlim o‘zgarishi sharoitida cho‘l- voha ekosistemasi: muammolar va yechimlar” Xalqaro konferensiya 2025- yil 5-6- iyun. Buxoro. B.265-269 | Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda dasturiy ta’lim vositalarning o‘rni | 2024 | Просмотреть |
| 7 | Pedagog Respublika ilmiy jurnali. 8- tom 4- son. 2025- yil 15- aprel. B 30-37 | To consider, improve and develop the personal qualies of students at geography lessons | 2024 | Просмотреть |
| 8 | O ‘quv qo‘llanma. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘iga asosan | Iqlimshunoslik va gidrologiya | 2024 | Просмотреть |
| 9 | Mug’allim hem uzluksiz milimlendir. Ilmiy- metodik jurnal. | Geografiya ta’limda yangi pedagogic texnologiyalarni ishlab chiqarish va qo‘llash metodikasini takomillashtirish | 2024 | Просмотреть |
| № | Sertifikat nomi | Просмотреть |
|---|---|---|
| 1 | Turk tili sertifikati B1 | Просмотреть |
| 2 | Arab tili sertifikati B1 | Просмотреть |
| № | Loyiha nomi | Просмотреть |
|---|---|---|
| 1 | Xo 'jalik shartnoma | Просмотреть |
| № | Mavzu | Просмотреть |
|---|
| № | Mavzu | Просмотреть |
|---|
| № | Mavzu | Просмотреть |
|---|---|---|
| 1 | Talabalarning innovatsion kasbiy faoliyatiga tayyorlashda dasturiy ta’lim vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish | Просмотреть |
| 2 | География исторических достопримечательностей Бухары | Просмотреть |
| 3 | География видов туризма | Просмотреть |
| № | Mavzu | Просмотреть |
|---|---|---|
| 1 | Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish nomli electron darsligi | Просмотреть |